Eric Robinson (talaffuzi: Eric Robinson; 1995-yil 14-iyunda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Hozirda u Milliy Xokkey Ligasining (NHL) Columbus Blue-Jackets jamoasida oʻynaydi.

Eric Robinson
Tugʻilgan joyi 14-iyun 1995-yil (1995-06-14) (28 yosh)
Bellmawr, New Jersey, AQSh
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 201 lb (91 kg; 14 st 5 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
NHL Columbus Blue Jackets
Milliy jamoa  AQSh
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

Faoliyati tahrir

New Jersey shtatining Bellmawr shahrida oʻsgan Robinson Gloucester katolik oʻrta maktabida xokkey oʻynagan va 2013-yilda oʻrta maktabni bitirgan[1].

Robinson Amerika Qoʻshma Shtatlari Xokkey Ligasining (USHL) Dubuque Fighting Saints tomonidan 2013-yilgi Midget yilidan soʻng USHLga kirish draftida uchinchi turda, umumiy 44-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. U ECAC konferensiyasi Prinstone universiteti bilan kollej xokkey oʻynashdan oldin USHLda 2013—2014-yilgi mavsumda oʻynagan.

Robinsonning rivojlanishi har yili Tigers xokkey jamoasi bilan yaxshilanib, uning gollari va jamoadagi rolini oshirgan. 2017—2018-yillardagi katta mavsumda Robinson jamoa sardori etib tayinlangan. U 36 oʻyinda faoliyatidagi eng yuqori 17 gol va 31 ochkoni qayd etgan. Shu bilan birga Prinstoneni ECAC pley-off gʻalabasiga va 2017—2018-yilgi shtat chempionatiga, shuningdek, NCAA turniriga yoʻllanma olgan..

Har qanday NHLga kirish draftiga tayyorlanmagan Robinson erkin agent sifatida NHLga katta qiziqish bildrigan va 2018-yil 27-martda Columbus Blue Jackets jamoasi bilan ikki yillik kirish darajasidagi shartnoma imzolagan[2]. Bir yillik shartnomasidan darhol voz kechmoqchi boʻlgan Robinson Blue Jackets jamoasi bilan shartnomaga imzo chekkan va 2017—2018-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida NHLdagi debyutini oʻtkazgan. Blue Jackets jamoasi 2018-yil 7-aprelda Nashville Predatorsga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan[3].

2019—2020-yilgi mavsumda, 2019-yilning 12-noyabrida Robinson oʻzining NHLdagi birinchi golini Blue Jackets jamoasi bilan Carey Price va Monreal Kanadiensga qarshi oʻyinda kiritgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Doimiy mavsum Playoff
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2010—2011 Team Comcast 16U AAA AYHL 20 8 13 21 4
2011—2012 Team Comcast 16U AAA AYHL 20 7 8 15 8
2011—2012 Team Comcast 16U AAA T1EHL 40 6 10 16 8
2012—2013 Team Comcast 18U AAA T1EHL 40 16 26 42 0
2012—2013 Team Comcast 18U AAA AYHL 14 4 9 13 15
2013—2014 Dubuque Fighting Saints USHL 50 8 16 24 24 3 0 0 0 0
2014—2015 Princeton University ECAC 27 2 2 4 8
2015—2016 Princeton University ECAC 31 7 4 11 10
2016—2017 Princeton University ECAC 34 13 8 21 12
2017—2018 Princeton University ECAC 36 17 14 31 44
2017—2018 Columbus Blue Jackets NHL 1 0 0 0 0
2018—2019 Cleveland Monsters AHL 45 12 12 24 15
2018—2019 Columbus Blue Jackets NHL 13 0 0 0 0
2019—2020 Cleveland Monsters AHL 14 3 2 5 6
2019—2020 Columbus Blue Jackets NHL 50 7 5 12 12 10 1 0 1 0
2020—2021 Columbus Blue Jackets NHL 56 8 10 18 4
2021—2022 Columbus Blue Jackets NHL 67 10 17 27 18
NHLdagi ochkolari 187 25 32 57 34 10 1 0 1 0

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Musobaqa Natija GP G A Pts PIM
2021 Qoʻshma Shtatlar WC   10 0 3 3 2
Kattalar jamoasidagi ochkolari 10 0 3 3 2

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
Kollej
ECAC barcha turnirlar jamoasi 2018

Manbalar tahrir

  1. Eric Robinson, Princeton Tigers men's ice hockey. Accessed December 11, 2018. „Hometown: Bellmawr, N. J…. Attended Gloucester Catholic High School and graduated in 2013“
  2. „Columbus Blue Jackets sign Eric Robinson to entry-level contract“. Columbus Blue Jackets (2018-yil 27-mart). Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
  3. „Blue Jackets fall into Wild Card with loss to Predators“. National Hockey League (2018-yil 7-aprel). Qaraldi: 2018-yil 7-aprel.