Eric Selleck (talaffuzi: Erik Sellek) (1987-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Eric Selleck hozirda cheklanmagan erkin agent hisoblanadi.

Eric Selleck
Tugʻilgan joyi 20-oktyabr 1987-yil (1987-10-20) (36 yosh)
Spencerville, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 208 lb (94 kg; 14 st 12 lb)
Pozitsiyasi hujumchi

Sobiq jamoalar
erkin agent
Florida Panthers
Arizona Coyotes
HC '05 Banská Bystrica
Jamoalardagi faoliyat 2010—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Eric Selleck Oswegodagi New York shtat universitetida oʻqigan. U yerda Eric Selleck ikki mavsum NCAA Division III da kollej jamoasida xokkey oʻynagan. Shundan soʻng, Eric Selleck 2010-yil 21-aprelda „Florida Panthers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida ikki tomonlama, ikki yillik dastlabki darajadagi shartnoma imzoladi[1].

2012—2013 yilgi mavsumdagi blokirovkaning oʻrtalarida Eric Selleck 2013-yilning 19-martida „Florida Panthers“ xokkey klubi safida oʻzining birinchi NHL oʻyinini oʻtkazdi[2].

2014-yilning 2-martida klub tomonidan Eric Selleck Mark Mancari evaziga „St. Louis Blues“ xokkey klubiga almashtirildi[3].

Eric Selleck klub bilan NHL shartnomasiga erisha olmaganidan soʻng, 2014-yil 19-avgustda „Arizona Coyotes“ xokkey klubining filiali „Portland Pirates“ xokkey klubi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[4]. 2014—2015-yilgi mavsumda Eric Selleck professional sifatida oʻzining eng yaxshi mavsumini oʻtkazdi.

2015-yil 3-iyulda Eric Selleck erkin agent sifatida „Arizona Coyotesxokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[5].

2015—2016-yilgi mavsum yakunlangach, Eric Selleckning „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan imzolagan shartnomasi nihoyasiga yetdi. Shundan soʻng, 2016-yil 5-avgustda Eric Selleck klubning yangi filiali „Tucson Roadrunners“ xokkey jamoasi bilan bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[6].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2006—2007 Pembroke Lumber Kings CJHL 53 23 24 47 137 15 4 8 12 29
2007—2008 Pembroke Lumber Kings CJHL 49 43 38 81 120 14 8 21 29 28
2008—2009 SUNY-Oswego DIII 26 13 13 26 45
2009—2010 SUNY-Oswego DIII 28 21 33 54 48
2010—2011 Rochester Americans AHL 67 5 11 16 214
2011—2012 San Antonio Rampage AHL 71 5 4 9 204 9 0 0 0 4
2012—2013 San Antonio Rampage AHL 60 5 11 16 181
2012—2013 Florida Panthers NHL 2 0 1 1 17
2013—2014 San Antonio Rampage AHL 42 3 4 7 93
2013—2014 Chicago Wolves AHL 18 3 2 5 70 9 0 1 1 17
2014—2015 Portland Pirates AHL 74 8 15 23 185 5 1 1 2 8
2015—2016 Springfield Falcons AHL 60 10 12 22 137
2015—2016 Arizona Coyotes NHL 1 0 0 0 5
2016—2017 Tucson Roadrunners AHL 46 5 4 9 103
2017—2018 Hartford Wolf Pack AHL 32 3 0 3 46
2017—2018 Belleville Senators AHL 18 2 2 4 39
2018—2019 HC '05 Banská Bystrica Slovak 42 11 24 35 135 13 4 5 9 2
2019—2020 Bratislava Capitals Slovak.1 41 17 29 46 145
NHL jami 3 0 1 1 22

Manbalar tahrir

  1. „Panthers sign Eric Selleck to entry level contract“. Florida Panthers (2010-yil 21-aprel). Qaraldi: 2010-yil 21-aprel.
  2. „Selleck earns first call-up from Florida“. American Hockey League (2013-yil 19-mart). 2014-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-mart.
  3. „Florida Panthers Acquire RW Mark Mancari from St Louis“. Florida Panthers (2014-yil 2-mart). Qaraldi: 2014-yil 2-mart.
  4. „Pirates sign Selleck, Hanley for 2014-15“. Portland Pirates (2014-yil 19-avgust). 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-avgust.
  5. „Coyotes sign Selleck to one-year, two-way contract“. Arizona Coyotes (2015-yil 3-iyul). Qaraldi: 2015-yil 3-iyul.
  6. „Roadrunners agree to terms with Eric Selleck“. Tucson Roadrunners (2016-yil 5-avgust). Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.