Erik Ross Palmer-Brown (talaffuzi: Erik Ross Palmer-Braun) — amerikalik futbolchi, „Manchester City“ klubi va AQSh terma jamoasi himoyachisi, Fransiyaning „Troyes“ klubida ijara asosida faoliyat yuritadi.

Erik Palmer-BrownFutbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Erik Ross Palmer-Brown
Tugʻilgan 24-aprelya 1997-yil(1997-04-24) (25 let)
  • Napoleon, Ogayo, SShA
Fuqaroligi Flag SShA AQSh
Boʻyi 186 cm
Vazni 79 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Klub haqida malumotlari
Klub

Flag Fransii Trua

Raqami

4

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Erik Palmer-Brown „Sporting Cansas City“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi[1]. 2013-yil 2-avgustda u oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolab, shartnoma imzolagan jamoaning eng yosh tarbiyalanuvchilaridan biriga aylangan [2]. Bir yil oʻtib, Italiyaning „Juventus“ klubi Erik Palmer-Brown uchun bir million yevro taklif qildi, lekin u „Sporting Cansas City“ga rad javobini bergan[3][4]. Oʻsha yilning 18-may kuni „Chicago Fire“ jamoasiga qarshi oʻyinda Erik Palmer-Brown MLSda debyut qilgan[5][6]. 2015-yilda u klubga Lamar Hunt kubogini yutishda yordam bergan. 2016-yil boshida Erik portugaliyalik „Porto“ga ijara asosida oʻtgan[7][8]. Yuqori raqobat tufayli u faqat oʻquvchilar uchun oʻynagan. Mavsum oxirida Erik Palmer-Brown jamoaga Segunda ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 2017-yil boshida u „Sporting Cansas City“ga qaytdi va USLda „Swope Park Rangers“ning farm klubida oʻynagan.


2021-yilning 31-avgustida u 2022-yilning iyunigacha Fransiya Liga 1 ning „Troyes“ klubiga ijaraga o‘tdi[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilda AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Erik Palmer-Brown Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ukraina terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[10].

2017-yilda Erik Palmer-Brown AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Kosta-Rikada boʻlib oʻtgan KONKAKAF yoshlar chempionatida gʻolib chiqgan[11][12]. Turnirda u Panama, Gaiti, Sent-Kitts va Nevis, Meksika, Salvador va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13]. Meksikaliklarga qarshi kechgan duelda Erik Palmer-Brown gol urgan[14]. Turnir natijalariga koʻra u eng yaxshi futbolchi deb topilgan[15].

Oʻsha yili Erik Palmer-Brown Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[16][17]. Turnirda u Ekvador, Senegal, Saudiya Arabistoni, Yangi Zelandiya va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[18][19][20].

2018-yil 28-may kuni Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Palmer-Braun AQSH terma jamoasi safida debyut qilgan[21].




Statistika tahrir

Klub Mamlakatlar Yil
Sporting Kansas City F.C.   AQSh 2014-2017
Porto "B" F. C.   Portugaliya 2015-2016
Swope Park Rangers F.C.   AQSh 2017
Manchester City F. C.   Angliya 2018
K. V. Kortrijk F.C.   Belgiya 2018
NAC Breda F.C.   Niderlandiya 2018-2019
F. K. Austria Viena F.C.   Avstriya 2019-2021
Troyes F.C.   Fransiya 2021

Yutuqlari tahrir

Jamoaviy yutuqlari

„Sporting Cansas City“

  • 2015-yil Lamar Hunt kubogi gʻolibi

Xalqaro yutuqlari

AQSh (U20)

  • 2017-yilgi KONKAKAF yoshlar chempionati

Shaxsiy yutuqlari

  • 2017-yilgi KONKAKAF yoshlar chempionatida yilning eng yaxshi futbolchisi

Manbalar tahrir

  1. Kurt Austin. „Sporting Kansas City signs 16-year-old Homegrown Player Erik Palmer-Brown“ (en). Sporting Kansas City (2013-yil 2-avgust). 2020-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  2. „Sporting KC Youth Academy Changing US Development System | The University Daily Kansan“ (en). 2014-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
  3. Grant Wahl. „Sporting Kansas City spurns Juventus' bid for defender Erik Palmer-Brown“ (en). SI.com (2014-yil 24-yanvar). 2020-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  4. ERIK PALMER-BROWN // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  5. https://www.uslchampionship.com/erik-palmer-brown
  6. Jonathan Kaplan. „Recap: Second-half comeback falls short as SportingKC drop 2-1 decision to Chicago Fire“ (en). Sporting Kansas City (2014-yil 18-may). 2020-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  7. Sam Kovzan. „Sporting KC loans defender Erik Palmer-Brown to FC Porto“ (en). Sporting Kansas City (2016-yil 1-fevral). 2020-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.
  8. Erik Palmer-Brown // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  9. „ERIK PALMER-BROWN À L'ESTAC“ (fr) (2021-yil 31-avgust). 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  10. „Украина (до 20) VS. США (до 20) 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 5-iyun). 2017-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-mart.
  11. „США (до 20) VS. Гаити (до 20) 4:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 21-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  12. „США (до 20) VS. Панама (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  13. „США (до 20) VS. Гондурас (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 5-mart). 2017-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  14. „США (до 20) VS. Сент-Китс и Невис (до 20) 4:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 24-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  15. „США (до 20) VS. Мексики (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 27-fevral). 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-mart.
  16. „Эквадор (до 20) VS. США (до 20) 3:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 22-may). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  17. „Сенегал (до 20) VS. США (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 25-may). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  18. „США (до 20) VS. Новая Зеландия (до 20) 6:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 1-iyun). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  19. „Венесуэла (до 20) VS. США (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-iyun). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  20. „США (до 20) VS. Саудовская Аравия (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-may). 2017-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-oktyabr.
  21. „Goals from Zimmerman, Sargent and Weah Propel Youthful USA Past Bolivia 3-0“ (en). U.S. Soccer (2018-yil 29-may). 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyul.