Erik Pauelsen
Erik Pauelsen (1749- yil 14- oktyabrda tavallud topgan)- daniyalik rassom. Erik Paulsen oʻzining peyzajli asarlari bilan ajralib turadigon rassom va mashhur portretchi. Biroq, oʻzining zamondoshlari Yens Juel va Nikolay Abildgaard kabi muvaffaqiyatga erisha olmadi. 1790- yilda Erik Paulsen oʻz joniga qasd qildi.
Erik Pauelsen | |
Avtoportret Erik Pauelsen | |
Tavalludi | 1749- yil 14- oktyabr |
Vafoti | 1790- yil 20- fevral ( 40 yoshida ) Kopengagen, Daniya |
Millati | Daniya |
Taʼlimi | Daniya Qirollik Tasviriy San'at Akademiyasi |
Biografiya
tahrirErik Pauelsen 1749- yil 14- oktyabrda Himmerlanddagi Osterballe cherkovida tavallud topgan. Erik Paulsen yoshligidanoq rassom boʻlishni orzu qilar edi. Kopengagenga sayohat qilgan. 1770- yildan 1777- yilgacha Daniya Qirollik Tasviriy sanʼat akademiyasida tahsil oladi. 1775- yilda Tasviriy sanʼat akademiyasida koʻplab katta kumush medal va kichik oltin medalni qoʻlga kiritadi. 1777- yilda akademiyaning sayohat stipendiyasi bilan birga katta oltin medalni qoʻlga kiritadi. Erik Paulsen Gamburg, Dyusseldorf va Parij orqali Rimga sayohat qiladi, qaytishda Drezden va Berlinga tashrif buyuradi. Sayohatlari davomida bir qancha xorijiy sanʼat akademiyalariga aʼzo boʻla boshlaydi. Erik Paulsen Dyusseldorfda professor unvoniga sazovor boʻldi.
Daniyadan qaytgach, Erik Paulsen sanʼat akademiyasiga aʼzo boʻladi, lekin 1784 -yilda Yens Juel tomonidan professor lavozimiga, keyin esa yana Vigilius Eriksen tomonidan qirollik saroyiga rassom lavozimiga saylanadi.
Erik Paulsen mashhur portretchi boʻlib qoladi va peyzaj rassomi sifatida ham muvaffaqiyat qozonadi. 1785- yildan 1786- yilgacha u Frederik de Koninkning Bredgadedagi saroyidagi xonani bezatadi. Erik Paulsen keyinchalik egasining nomi bilan Moltke uyi deb nomlanadi. Bezaklar, devoriy suratlar va ichki eshiklar Kopengagen shimolidagi de Koninkning qishloq uyi Dronningegard atrofidagi manzaralarni taqdim eta boshlaydi. 1788- yilda Erik Paulsen Norvegiyaga sayohat qiladi va qirollik rasmlari kollektsiyalari tomonidan sotib olingan bir qator landshaft rasmlarini olib keladi. Biroq, Erik Paulsen tengdoshlari tomonidan kamsitilgan va magʻlubiyatga uchraganidan azob cheka boshlaydi. 1790- yilda oʻz uyidagi derazadan sakrab oʻz joniga qasd qiladi. [1]
Erik Paulelsen oʻzining landshaftlari bilan ajralib turgan mohir rassom. Erik Paulsen Norvegiyaga tashrif buyuradi va hozir Daniya milliy galereyasida joylashgan Sarpsfossen (1789- yil) rasmini chizadi.
Rassomning ishlari
tahrirErik Paulsenning koʻplab portretlarini chizgan ular orasida Logannes Evald (taxminan 1780- yil, Frederiksborg muzeyi), Soren Gyldendal va uning rafiqasi (1780- yil), Friederike Brun bilan qizi Ida Brun (1789- yil) bor edi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Weuj Oauelsen“ (Danish). Weilbacjs Kunstnerleksikon. Qaraldi: 2010-yil 4-yanvar.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Erik Pauelsen mavzusiga oid fayllar bor. |
- Kunstindeks Danmarkda Erik Paulelsen