Erin Gruwell

amerikalik akademik

Erin Gruwell (1969-yil 15-avgustda tugʻilgan) — oʻzining noyob taʼlim berish usuli bilan mashhur boʻlgan amerikalik oʻqituvchi, The Freedom Writers Diary (Erkinlik kuychilari kundaligi) (1999) asari ijodkorlaridan biri. 2007-yilda suratga olingan „Freedom Writers (Erkinlik kuychilari) filmi va 2019-yilgi PBSningFreedom Writers: Stories from the Heart (Erkinlik kuychilari: Yurakdan hikoyalar) hujjatli filmi uning hikoyasiga asoslangan.

Erin Gruwell
Tavalludi 15-avgust 1969-yil (1969-08-15) (54 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Freedom Writers Foundationda ijrochi direktor, ustoz-murabbiy, muallif, ijtimoiy faol, podkastchi
Turmush oʻrtogʻi
Kevin Sherman[1]
(turm. 1992; ajr. 1997)

Taʼlimi tahrir

Erin Gruwell Kaliforniyaning Glendora shahrida Anaheim Angels beysbol jamoasi skauti Stephen Douglass Gruwell va Sandra Faye Alleylar oilasida tugʻilgan. Ota-onasi u hali goʻdaklidayoq ajrashib ketishgan. U Kaliforniyaning La Verne shahridagi Bonita oʻrta maktabini va Irvinedagi Kaliforniya universitetini tamomlagan. Shuningdek, Gruwell u yerda „Lauds and Laurels Distinguished Alumni“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Kaliforniya shtat universitetida magistraturani tugatgam va oliygohning taniqli bitiruvchilaridan biri boʻlgan.

Erin dastlab oʻqituvchi emas, balki huquqshunos boʻlish uchun yuridik maktabga borishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Yangiliklarda 1992-yilgi Los-Anjelesdagi tartibsizliklarni tomosha qilgandan soʻng, oʻz kasbini oʻqituvchilikka oʻzgartirishga qaror qiladi. U shunday bu qarori haqida shunday deydi: „Siz sud zalida bolani himoya qilayotganingizda, bahs allaqachon boy berilgan, deb oʻylay boshladim. Menimcha, haqiqiy bahs shu yerda, aynan sinfxonada boʻlishi kerak“.

Faoliyati tahrir

Gruwell talabalarga dars berishni 1994-yilda Kaliforniya shtatining Long-Beach shahridagi Woodrow Wilson o'rta maktabida boshlaydi. Unga maktabda oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilar biriktiriladi. Sharaud ismli talaba bola, Wilson oʻrta maktabining raqibi boʻlgan maktabdan koʻchib oʻtgan. Sharaud u yerda oʻqituvchisini qurol bilan qoʻrqitgan[2].Shu asnoda, oʻquv yili boshlanishidan bir necha oy oʻtgach, boshqa oʻquvchilardan biri unga lablari katta tasvirlangan afro-amerikalik rasmini uzatadi. Gruwell oʻz shogirdlariga xuddi shunday chizmalar Holokostga olib kelganligini aytib beradi. Talabalaridan biri undan holokost nima ekanligini soʻraganda, Gruwell oʻquvchisiga tushunarsiz nigoh bilan qarab qoldi. Uning shogirdlaridan hech biri XX asrning eng mashʼum voqealaridan biri haqida eshitmagan edi[2][3]. Gruwell oʻquvchilarni Schindler's Listni koʻrish uchun olib boradi. Oʻz choʻntagidan yangi kitoblar sotib oladi va mehmon spikerlarni taklif qiladi[4].

Bir yil davom etgan stajyorlikdan soʻng, Gruwell Wilson maktabiga asosiy oʻqituvchi sifatida qayta ishlay boshlaydi. Bu safar unga ikkinchi kurs oʻquvchilari beriladi. Uning kuzgi semestri Kaliforniyadagi 187-sonli taklif (1994) — talabalar noroziliklari tufayli qiyin boshlandi.

Oʻqituvchilikdan soʻng tahrir

Gruwell 1998-yilda, atigi toʻrt yillik oʻqituvchilik karyerasidan soʻng, Wilson oʻrta maktabini tark etdi va Long-Beach shahridagi Kaliforniya shtati universitetida professor sifatida ishlay boshladi. Keyinchalik, Freedom Writers (Erkinlik kuychilari) usulini butun mamlakat boʻylab yoyishga qaratilgan Freedom Writers Foundation (Erkinlik kuychilari jamgʻarmasi)ni tashkil etishni davom ettirdi[5].

The Freedom Writers Diary (Erkinlik kuychilari kundaligi) — 1999-yilda Erin Gruwell va Freedom Writers (Erkinlik kuychilari) hamkorligida yozilgan kitob. Ushbu kitob 2007-yilda Hilary Swank Gruwell rolini oʻynagan Freedom Writers filmining asosi boʻlib, 2019-yilgi PBS hujjatli filmi „Freedom Writers: Stories from the Heart“ning mavzusidir.

U oʻz boshidan kechirganlari haqida "Teach with Your Heart: Lessons I Learned from the Freedom Writers" (Qalbing ila oʻrgat: Erkinlik kuychilari dan oʻrgangan saboqlarim) nomli avtobiografik hikoya yozgan va u film chiqishi bilan bir vaqtda chop etilgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Freedom Writers (2007) Trivia“. IMdB. Qaraldi: 14-avgust 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 Freedom Writers. The Freedom Writers Diary. New York: Broadway Books, 1999 — 2–5 bet. ISBN 0-385-49422-X. 
  3. „The freedom writers: some considered her class a lost cause, but in her first year of teaching, Erin Gruwell challenged her students to become a community of writers“. Instructorrr (november–december 2004). 23-may 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2007-yil.
  4. Erin Gruwell — Freedom Writers Movie — The Real Story
  5. „About Erin Gruwell“. Freedom Writers Foundation. 2007-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2007-yil.

Havolalar tahrir