Erisihton (qadimgi yunoncha: Ἐρυσίχθων qadimgi yunoncha: Ἐρυσίχθων „yerlar qoʻriqchisi“ yoki „yer taqsimlovchi“) — qadimgi yunon mifologiyasida[1][2] Fessaliya qiroli Triopning oʻgʻli (boshqa bir versiyaga koʻra, Mirmidonning oʻgʻli[3]), Mnestraning (Mestra) otasi. Manbalarda Efon ismi bilan ham keladi[4].

Ovidiyning yozishicha, u gamadriadaning qoni oqib turadigan muqaddas Demetra emanini kesib tashlagan[5]. Kallimaxning soʻzlariga koʻra, Erisihtonning 20 nafar xizmatkori Dotiya (Fessaliya) dagi Demetra oʻrmonida oʻsadigan teraklarni kesib chiqishgan[6].

Ilohlarga nisbatan hurmatsiz munosabati uchun Erisihton Demetra tomonidan jazolangan va unga qondirib boʻlmaydigan ochlik balosi yuborilgan. Erisihton uyida bor hamma narsani yeb qoʻygan, barcha pullarini ovqat uchun sarflagan, qizi Mnestrani bir necha bor qullikka sotib yuborgan (u tashqi qiyofasini oʻzgartira olar va sotilganidan keyin otasining yoniga qochib kelardi). Erisihton oxir-oqibatda tanasini ham kemirib, oʻzini-oʻzi yoʻq qilgan.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir
  1. Mifi narodov mira. — M., 1991-92. V 2 t. T.2. — S. 667
  2. Lyubker F. Realniy slovar klassicheskix drevnostey. — M., 2001. V 3 t. T. 1. — S. 552.
  3. Клавдий Элиан. Pyostrie rasskazi, I, 27
  4. Gesiod. Perechen jenщin, fr.43a M.-U.
  5. Овидий. Metamorfozi, VIII 740—878.
  6. Kallimax. Gimni, VI, 31-65.