Eritrotsitlar choʻkish tezligi (ECHT)

Eritrotsitlar choʻkish tezligi (ECHT) – tarkibida antikoagulyant boʻlgan qon vertikal trubkada joylashtirilganda, eritrositlarning dastlabgi soatda necha mm ga pasayishini (choʻkishini) ifodalovchi birlik hisoblanadi.[1] ECHT ni aniqlashning Westergren metodi: 0,4ml 3,8%li Na sitrat bilan suyultirilgan 1,6ml qon (umumiy hajm 2ml) Westergren pipetkasiga joylanadi va vertikal holda oʻrnatilib, 1soatda necha mm ga choʻkishi aniqlanadi. (Westergren pipetkasi 30sm uzunlikda va ikki tomonlama ochiq boʻladi)[1]

Wintrob metodi EDTA antikoagulyanti bilan aralashgan taxminan 1ml qon Wintrob naychasiga 0 belgigacha joylashtiriladi va 1soatdan keyin natija olinadi. Wintrob naychasining uzunligi 11sm boʻladi va uning faqat bir uchi ochiq. Westergren pipetkasi uzunroq boʻlgani sababli ECHT ni aniqlashda kamroq xatolikka yoʻl qoʻyiladi. Shu sabab koʻproq Westergren metodidan foydalaniladi.[1]

ECHT ning klinik ahamiyati

tahrir

Normal sharoitda Westergren metodida erkaklarda 3-7mm, ayollarda 5-9mm ni tashkil etadi. (erkaklarda-1-10mm/soat, ayollarda 2-15mm/soat) ECHT koʻplab patalogik holatlarda koʻtariladi. Shu sababli aniq diagnostik kreteriyalar yoʻq. Tanadagi koʻplab surunkali yalligʻlanish jarayonlarida ECHT oshishi aniqlangan. ECHT ni aniqlash davolanayotgan bemorlarda kasallik rivojlanishini baholash uchun test boʻlib xizmat qiladi.[2]

ECHT ga taʼsir qiluvchi omillar

tahrir

Yalligʻlanish va neoplastik kasalliklar natijasida plazma oqsillari (globulin va fibrinogen) miqdori ortadi va ECHT ortishi kuzatiladi.(aglomerin holati) (Yirik molekulali oqsillar elektr zaryadlanganlikni pasaytiradi, qon hujayralarning oʻzaro itarilishi kuchsizlanib ECHT ortishi kuzatiladi.)[3] RBC lar hajmining kattalashishi (makrositoz) ECHT ni oshiradi. RBC lar sonining koʻpayishi ECHT ni pasayishiga olib keladi, anemiya kabi holatlarda esa ECHT oshadi. Qonning yopishqoqligining kamayishi ECHT oshishiga olib keladi.

ECHT ning fiziologik variantlari

tahrir

ECHT chaqaloq va qariyalarda oʻrta yoshlilarga nisbatan kichikroq

Ayollarda (5-9mm) erkaklarga (3-7mm) qaraganda yuqoriroq[1]

Hayz davrida ECHT biroz ortishi kuzatiladi

Homiladorlikning 3-oyidan tugʻruqqacha fibrinogen 2 barobar oshib ECHT 40-50mm/soatgacha oshadi, tugʻruqdan 3-4 hafta oʻtib normal holatga qaytadi[1]

ECHT ning patologik koʻtarilish variantlari

tahrir

Tuberkuloz[2]

Malignizatsiya kasalliklari[2]

Kollagen kasalliklar

Oʻroqsimon anemiyadan tashqari barcha anemiyalar[1]

ECHT ning patologik pasayish variantlari

tahrir

Polisitemiya[3]

Fibrinogen miqdorining pasayishi

Oʻroqsimon anemiya[1]

Allergik holatlar

Peptone shok[1]

Eritrotsitlarning klinik ahamiyatga ega oqsillari                  

tahrir

Band-3 transmembranal glikoprotein boʻlib, tashqi yuzaga qaragan COOH terminali va ichki yuzaga qaragan NH2 terminali mavjud. U tunnel shaklida Cl­– va HCO3 ionlarining almashishiga yordam beradi. Ichki amino kislata terminali bir qancha oqsillar (4.1, 4.2, ankirin, enzimlar va gemoglobinni bogʻlaydi). Integral membrana oqsillaridan glikoforinlar muhim ahamiyatga ega boʻlib, ular qon guruh antigeni hamda hujayralar yopishib qolmasligi uchun manfiy zaryadni taʼminlab beradi.[2][3]                    Glikoforin A, B va C oddiy transmembranal oqsillar hisoblanadi. Tashqi yuzasida polisaxarid (qon guruhi antigenlari) saqlaydi. Ichki terminali orqali esa 4.1 orqali spektringa birikadi. Hujayra membranasi ichki yuzasida joylashgan spektrin, ankirin va aktin kabi periferik oqsillar RBClarning shakli va egiluvchanligini saqlashda yordam beradi. Bularning orasida spektrin[1] asosiy oqsil hisoblanadi. Amaliy jihatdan spektrin miqdori yoki tuzilishidagi anomaliyalar irsiy sferotsioz yoki elliptositozga sabab boʻladi. Irsiy sferotsioz 1/5000 nisbatda uchrovchi irsiy autosomal dominant kasallik hisoblanadi. Bunda hujayralar sferik shaklda boʻladi va qisqa hayot davriga ega boʻladi.  Irsiy elliptositoz esa nafaqat spektrin balki 4.1 hamda glikoforin C lardagi muammolar sabab kelib chiqadi. RBC larda ATF glukozaning anaerob oksidlanishidan olinadi (Embden yoʻlidan 90%, Geksoza yoʻlida 10%) va hosil boʻlgan energiyaning asosiy qismi K/Na ATFaza nasosi ishini ta`minlash uchun sarflanadi.[1] Eritrotsitlar yadrosining yoʻqligi ham bir tomondan O2 ni kamroq oʻzlashtirish uchun muhim sanaladi va blast hujayralarga qaraganda 200 marta ozroq kislarod isteʼmol qiladi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Artur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020.
  3. 3,0 3,1 3,2 Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.