Erkaklar jinsiy a'zolarida sil kasalligi
Erkaklar jinsiy aʼzolari silining etiologiyasi boshqa aʼzolar silining etiologiyasidan farq qilmaydi. Bolalarda bu kasallik, ayniqsa oʻspirin yoshda juda kam kuzatiladi[2].
Erkaklar jinsiy a'zolari sili | |
---|---|
Fayl:250px Piospermiya | |
KXK-10 | A 18.1 N51[1] |
Patogenezi
tahrirErkaklar jinsiy aʼzolari sili patogenezining oʻziga xos xususiyati uning buyrak va siydik yoʻllari sili bilan bogʻliqligidir[3]. Erkaklar jinsiy aʼzolari sili ham birlamchi, ham ikkilamchi sil davrida gematogen yoʻl bilan infeksiya tushishi natijasida yoki qovuq, uretra zararlanganda intrakanalikulyar yoʻl bilan paydo boʻlishi mumkin. Birinchi navbatda prostata bezi, keyinchalik moyak ortigʻi, moyak, urugʻ pufakchalari, urugʻ chiqaruvchi yoʻllar zararlanadi.
Patologik anatomiyasi
tahrirErkaklar jinsiy aʼzolari silining mikroskopik koʻrinishi boshqa aʼzolar silining mikroskopik koʻrinishi bilan bir xil. Moyak ortigʻi sili eng koʻp namoyon boʻladi. U moyak ortigʻining pastki “dum” qismidan boshlanadi, keyin esa boshqa qismlariga tarqaladi. Moyak ortigʻining yuzasidagi sil boʻrtmachalari birlashadi, moyak ortigʻi suzma(tvorog)simon yemirilish va yiringlash oʻchoqiga aylanadi. Oʻzgargan moyak ortigʻi moyakni oʻrab oladi, lekin u uzoq muddat oʻzgarmasdan qoladi. Prostata bezi va urugʻ pufakchalari sili ham boʻrtmachalar hosil boʻlishi bilan boshlanadi, ular keyinchalik infiltratsiya oʻchoqiga qoʻshiladi, keyin esa kazeozli nekrozga va yiringli erishga duchor boʻladi. Hosil boʻlgan kavernalar uretra boʻshligʻiga, qoʻshni toʻqimalarga yorilishi mumkin.
Simptomlari va klinik kechishi
tahrirSilli epididimitning boshlanishi ham oʻtkir, ham birlamchi – surunkali boʻlishi mumkin. Shikastlanish, sovqotish uni qoʻzgʻatishi mumkin. Yorgʻoq kattalashib, ogʻriq paydo boʻladi, gavda xarorati koʻtariladi. Bir necha kundan keyin oʻtkir jarayon bosiladi, lekin moyak ortigʻining har xil kattalashishi va qattiqlashishi qoladi. Keyinchalik moyak ortigʻining yorgʻoq terisi bilan yopishishi va hatto yiringli ajralma bilan oqmaning hosil boʻlishi kelib chiqishi mumkin. Prostata bezi va urugʻ pufakchalari silining simptomlari yaqqol namoyon boʻlmaydi. Kasallikning boshlanishida bemor oraliqda bir oz ogʻriq sezgisi borligi, siyishning bir oz buzilishidan shikoyat qiladi. Kasallik zoʻraygan sari dizuriya kuchayadi. Barmoq bilan rektal tekshirganda prostata bezi yuzasining tushishi bilan gʻadir–budirligi, undan yuqoriroqda qattiqlashishi aniqlanadi. Urugʻ chiqaruvchi yoʻlning silida uning tasbehsimon qattiqlashishi paypaslanadi.
Tashxis
tahrirErkaklar jinsiy aʼzolari silining tashxisi jarayonning oxirgi bosqichlarida katta qiyinchilik tugʻdirmaydi – moyak ortigʻining, prostata bezining gʻadir – budir boʻlib oʻzgarganligi, yorgʻoqda yiringli oqmalar aniqlanadi. Jarayonning dastlabki bosqichlarida tashxisi qiyinchilik tugʻdiradi. Anamnezida har qanday joyda joylashgan silning, ayniqsa buyraklar va siydik yoʻllari silining borligi ahamiyatli tashxislash mezoni boʻladi. Sil boʻlgan bemorda epididimit paydo boʻlishi uning spetsifik etiologiyali ekanligiga taxmin qilishga majbur qiladi va aksincha, nospetsifik antibakterial terapiya samara bermaydigan choʻzilgan epididimitda oʻpkani, buyrakni, suyakni, bu aʼzolarning silli zararlanishi mumkinligini inkor qilish uchun ularni sinchiklab tekshirish kerak. Siydikda, shaxvatda, prostata bezining suyuqligida sil mikobakteriyasini qidirish muhim rol oʻynaydi. Tashxislash imkoniyati cheklanganligi sababli, koʻpincha erkaklar jinsiy aʼzolarini: moyakdan operativ, prostata bezidan va urugʻ pufakchalaridan punksiya qilish yoʻli bilan biopsiya qilishga toʻgʻri keladi.
Davolash
tahrirErkaklar jinsiy aʼzolari silida spetsifik ximioterapiyaning samarasi buyraklar siliga qaraganda ancha past, bu ularning qon bilan yaxshi taʼminlanganligi bilan bogʻliq[4]. Bundan tashqari, spetsifik ximioterapiya taʼsirida sil oʻchoqlari joyida chandiqli oʻzgarish roʻy beradi, bu jinsiy yoʻllari oʻtkazuvchanligining buzilishiga olib keladi va zararlangan moyak ortigʻini olib tashlash lozim boʻladi. Sil oʻchogʻini saqlash patologik jarayonning ikkinchi moyakka tarqalish xavfini tugʻdiradi, bu urugʻlantirish qobiliyatining butunlay yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun hozirgi vaqtda erkaklar jinsiy aʼzolari silini davolash koʻproq operativ boʻlib qolmoqda. Operativ amaliyotning hajmi destruksiya darajasiga bogʻliq: moyak ortigʻi qisman kesiladi yoki olib tashlanadi, moyakning oʻzi ham qisman kesiladi yoki olib tashlanadi. Baʼzan aʼzoni saqlovchi operatsiya – kavernotomiya, kavernektomiya qoʻllanadi. Buyrak silida ham operatsiyadan oldin bemorni silga qarshi spetsifik preparatlar bilan (2–3 hafta) yetarlicha tayyorlash zarur. Operatsiyadan keyin spetsifik ximioterapiya 2–3 yil davomida 2–3 oylik kurslar bilan oʻtkaziladi. Prostata bezi sili konservativ davolanadi. Sil absseyeslari paydo boʻlganda ularni toʻgʻri ichak devori orqali drenajlash mumkin.
Prognoz
tahrirErkaklar jinsiy aʼzolari silida jinsiy va generativ funksiyalari jihatidan, ayniqsa ikki tomonlama zararlanganda prognozi yomon. Bunday kasallikda bemorning hayotiga nisbatan prognozi yaxshi deb hisoblash mumkin.
Ambulatoriya | Kasalxona |
---|---|
Anamnez, fizikal tekshiruv | Retrograd pieloureterografiya |
Qon va Peshobni labarator tekshirish | Antegrad pieloureterografiya |
UTT | Moyak biopsiyasi |
Ekskretor urografiya | Prostata bezi biopsiyasi |
Radioizotop tekshiruv | Operativ davolash |
Konservativ davolash |
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Туберкулез мочеполовых органов (Москва 2015)
- Фитизатрия Перельман (Москва 2004)