Erkakoʻt
Erkakoʻt — qoʻngʻirboshlilar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; ozuqabop ekin. Yevrosiyo,Shim.Afrika, Avstraliya va Yangi Zelandiyada 15 turi tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Kavkazda 10 ga yaqin turi oʻsadi. 4 turi: sibir E. i, choʻl E.i, taroqli E. vataroqsimon yoki keng boshoqli E. ekiladi. Boshoqlanish bosqichida 100 kg koʻk massasida 22,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein, 100 kg pichanida 48,7 ozuqa birligi va 6,9 kg hazm boʻladigan protein bor. E. oʻsgan yaylovlarda mollar boqilgandan keyin ham oʻt qoplami qayta koʻkaradi. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli. Barcha qishloq xoʻjaligi hayvonlari xush koʻrib yeydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |