Erkin va ochiq kodli dasturlar (inglizcha: free and open-source software) deganda, ham erkin, ham ochiq kodli dasturlarni oʻz ichiga olgan dasturlar tushuniladi. Bunday dasturlarning manba kodi barcha uchun ochiq boʻladi. Erkin va ochiq kodli dasturlar erkin litsenziya ostida eʼlon qilinadi, yaʼni foydalanuvchilarning ulardan foydalanishi, oʻrganishi, tarqatishi va oʻzgartirishi cheklanmagan boʻladi[1].

Manbalar tahrir

  1. „What is free software? The Free Software Definition“. The GNU Project -- GNU.org (2018-yil 12-iyun). 2013-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-sentyabr.