Hayoti

tahrir

Ermamat Nurmatov 1937-yili Chust tumanining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. Namangan davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, direktor, «Namangan haqiqati» gazetasida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, bosh muharrir o‘rinbosari, viloyat teleradio kompaniyasi raisining o‘rinbosari va viloyat nashriyotining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

Shoirning ilk she’riy to‘plami uning tug‘ilgan qishlog‘i sharafiga «Olmos» deb nomlangan va 1970-yilda chop etilgan. Shundan so‘ng shoirning «Boqiy baxt» (1977), «Yaxshilik» (1985), «Muhabbat bog‘i» (1991) va «Sog‘inish» (1993) kabi bir qator she’riy guldastalari olam yuzini ko‘rdi.

Asarlari

tahrir

«Olmos» (1971) «Boqiy baxt» (1977) «Yaxshilik» (1985) «Muhabbat bog‘i» (1991) «Sog‘inish» (1993)

Mukofot

tahrir

1978 yilda shoirga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni berilgan. [1]

  1. „Ermamat Nurmatov“. Ziyo.uz. Qaraldi: 13-dekabr 2022-yil.