Bosh menuni ochish

Ernest Thompson Seton (talaffuzi: Ernest Tompson Siton) (14-avgust, 1860 — 23-oktabr, 1946) – kanadalik yozuvchi va rassom. Ernest Thompson Seton tabiat va hayvonlar haqida yozgan taʼsirchan hikoyalari bilan shuhrat qozondi. Uning hayvonlar haqidagi hikoyalar toʻplami rus tiliga N. Chukovskiy tomonidan tarjima qilingan va bu hikoyalar oʻz navbatida ruschadan oʻzbekchaga oʻgirilgan. Oʻzbek kitobxoni orasida Thompson Setonning keng tarqalgan hikoyalar toʻplami „Yovvoyi yoʻrgʻa“dir. Bu asarni oʻzbek tiliga Togʻay Murod tarjima qilgan.

Ernest Thompson Seton
Ernest Thompson Seton.jpg
Tavallud sanasi: 14-avgust 1860-yil(1860-08-14)
Vafot sanasi:23-oktabr 1946-yil(1946-10-23)
(86 yoshda)
Kasb: yozuvchi, rassom va zoolog
Faoliyat:1829—1869
Yoʻnalish:Nasr

Ernest Thompson Seton 1860-yil 14-avgustda Angliyaning South Shields portida tugʻilgan. 1866-yil oilasi bilan Kanadaga koʻchib borgan. Thompson Seton hikoya yozish bilan birga shu hikoyalariga oʻzi rasm chizgan.[1] Masalan, „Wild Animals I Have Known“ („Men bilgan yovvoyi hayvonlar“) (1898) va „Biography of an Arctic Fox“ („Arktik tulkining biografiyasi“) (1937) kitoblariga rasmlarni Thompson Setonning oʻzi chizgan. U 1930-yil Kanadadan New Mexicoga koʻchib borgan va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan.

ManbalarTahrirlash

  1. "Ernest Thompson Seton". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.

HavolalarTahrirlash