Ernst Haas (1921-yil 2-mart – 1986-yil 12-sentyabr) amerikalik fotojurnalist. Oʻzining 40 yillik faoliyati davomida Haas fotojurnalistika va fotografiyadan ifoda va ijod vositasi sifatida foydalanish oʻrtasidagi tafovutni bartaraf eta olgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin butun dunyo boʻylab sodir boʻlgan voqealarni yoritishdan tashqari, Haas rangli fotografiya sohasida ham ilk kashfiyotchi edi. Uning suratlari "Life " va „Vogue“ kabi jurnallar tomonidan tarqatilgan.1962-yil New York zamonaviy sanʼat muzeyida birinchi rangli fotosuratlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan. Ernst Magnum Photos kooperativining prezidenti boʻlib ishlagan. Uning "The Creation" (1971) nomli kitobi 350 000 nusxada sotilgan eng muvaffaqiyatli fotografiya kitoblaridan biri edi[1].

Haas 1986-yilda

Tarjimai holi

tahrir

Haas 1921-yil 2-martda Avstriyaning Vena shahrida tugʻilgan. U yuqori darajadagi davlat xizmatchisi Ernst Haas va Frederik Haas-Zipserning oʻgʻli edi. Ernstning Fritz Haas ismli akasi ham boʻlgan[2].

Haas Ikkinchi jahon urushidan oldin Vena madaniy iqlimida ulgʻaygan edi. Taʼlim va sanʼatga katta eʼtibor bergan ota-onasi uni yoshligidanoq ijodiy izlanishga undashgan. Ernstning otasi musiqa va suratga tushishni yaxshi koʻrardi, onasi esa sheʼr yozgan hamda rassom boʻlishga intilgan. Haasning oʻqituvchilari uni tengdoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan badiiy tanlovlarda ishtirokchi emas, balki hakam sifatida ishlashga majbur qilardi[2]. Fotograf sifatida unda sanʼat asarining rasmiy fazilatlariga alohida qiziqish uygʻondii.

Ernst 1935-yildan 1938 -Xaas Venadagi LEH Grinzing xususiy maktabida oʻqigan. Maktabda sanʼat, adabiyot, sheʼriyat, falsafa va fanni oʻrganardi. Uning asosiy taʼlimi 1938-yilda Germaniyaning Avstriyaga bostirib kirishi oqibatida maktab yopilganida toʻxtatiladi. Ammo keyingi yili Haas Rainer Gymnasium diplomini oigan.

Haas nemis armiyasining mehnat lageriga joʻnatilgan va kuniga olti soat ishlagan. U 1940-yilda xizmatni tark etdi va tibbiyotni oʻrganish uchun Venaga qaytib keldi. Ernst ajdodlari yahudiy boʻlgani uchun quvgʻin qilinishidan oldin faqat bir yillik tibbiyot maktabini tamomlay olgan xolos[2].

Faoliyati

tahrir

Haas bolaligida fotografiyani oʻrganishga qiziqmas edi[3], lekin otasi uni ragʻbatlantirishga harakat qilardi. 1940-yilda otasining vafotidan soʻng, Haas birinchi marta qorongʻi xonaga kirib, eski oilaviy suratlarni chop etishni oʻrgandi. Uning bu sohaga qiziqishi ortdi. Tez orada oʻz fotosuratlarini ham olishni boshlagan.

Uning rasmiy taʼlimi urush tufayli murakkablashgan boʻlsa-da, Haas avtodidakt edi, oʻz ustida ishlashda davom etardi. 1941-yilda Max Reinhardt kinoseminarining „maktab fotografi“ sifatida texnik darslarida qatnashganidan soʻng kino ijodiga ham qiziqishi uygʻotdi[2]. U falsafa va sheʼriyatni oʻrgangan, xususan, ikkalasi ham uning isteʼdodi fotografiya ekanligini isbotlagan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Ernst Haas: Master of photography“ (en). The Independent Photographer (2022-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Haas 1992.
  3. Campbell 1981.
  4. Bondi. „Biographical Essay“. Ernst Haas Website (2000). 2017-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-oktyabr.