Ernst Kassirer (1874-1945 yy.) — neokantchilardan edi.

Asarlari tahrir

Uning asosiy asarlari «Substansiya va funksiya haqida tushuncha» (1910), «Yangi davr falsafasi va fanida bilish masalasi» (1906-1920), «Simvolik shakllar falsafasi» (1923-1929)kabilardir. E.Kassirerning falsafiy asarlarida tarixiylik, mantiqiylik, gnoseologik masalalar ko‘tarilgan.

Qarashlari tahrir

U matematika va tabiatshunoslik tushunchalarining tarixiga murojaat qilar ekan, mantiqiy narsa hissiy va tajribaviy narsadan oldin kelishini isbotlashga urinadi. Fan tushunchasi bu voqelikning inʼikosi bo‘lmay, balki „usuli“ dirki, uning yordamida „berilgan narsa“ aprior ravishda tuzilgan munosbatlar va vazifalar „qatori“ga borib taqaladi. Keyinchalik Kassirer til, afsona, sanʼat, fan va din shakllariga „oxirgi, birlamchi voqeylik qatlami“ga kelib uriluvchi „ramziy shakllar“ sifatida murojaat qilib kantchilikning anʼana muammosidan uzoqlashadi. Umuman, Kassirer o‘zining falsafiy qarashlarida safdoshlari flkrlariga tayanib, neokantchilik yo‘nalishining rivojiga o‘zining maʼlum hissasini qo‘shdi. Kassirer estetik qarashlari AQSH da 1950-60-yillarda rivoj topadi.

Adabiyotlar tahrir

Gʻarb falsafasi tarixi. Toshkent 2018