Erwin Helmchen (talaffuzi: Ervin Xelmchen) (1907-yil 10-may — 1981-yil 8-iyun)—nemis futbolchisi. Erwin Helmchen hujumchi sifatida oʻynagan[1]. RSSSF maʼlumotlariga koʻra, Erwin Helmchen 578 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 987 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan[2][3][4].

Erwin Helmchen
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-may 1907-yil
Tavallud joyi Cottbus, Prussiya
Vafot sanasi 8-iyun 1981-yil(1981-06-08)
(74 yoshda)
Vafot joyi Kiel, G'arbiy Germaniya
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1923—1928 FV Brandenburg Cottbus 86 (151)
1928—1945 PSV Chemnitz 232+ (447)
1945—1949 SG Chemnitz Nord 54+ (59)
1949—1951 VfB Lübeck 13 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

FV Brandenburg Cottbus tahrir

Helmchen oʻz faoliyatini 1923-yilda „ FV Brandenburg Cottbus“ futbol klubida boshlagan. Erwin Helmchen „FV Brandenburg“ futbol klubi bilan Janubiy Sharqiy Germaniya futbol chempionati finalida ishtirok etdi. Erwin Helmchen klub safida 86ta rasmiy o‘yinda 152ta gol urishga erishdi.

PSV Chemnitz tahrir

1928-yilda Helmchen „PSV Chemnitz“ futbol klubi safiga qoʻshildi[5]. Erwin Helmchen klub safidagi oʻzining dastlabki besh mavsumida 213 ta gol urdi[6]. 1932-yilda „PSV“ jamoasi "Dresdner SC" futbol klubiga qarshi Markaziy Germaniya futbol chempionati finalida toʻqnash keldi. Ushbu uchrashuvda „PSV“ jamoasi qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng raqiblari ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi. Erwin Helmchen „PSV“ jamoasi uchun 1931— 1932-yilgi mavsumda jami 120 ta gol urdi[7]. Keyinchalik „PSV“ jamoasi 1932-yilgi Germaniya futbol chempionatida ishtirok etdi va u yerda chorak finalda Germaniya chempioni "Bayern Munich" futbol klubiga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Biroq, Helmchen oʻsha musobaqada 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[8].

1935-yilgi Germaniya futbol chempionatida „PSV“ jamoasi yarim finalda "Schalke 04" futbol klubiga qarshi oʻyinda 2:3 hisobida magʻlub boʻldi[9]. Ushbu uchrashuvdagi „PSV“ klubining ikkala golini ham Helmchen kiritdi.

1935—1936-yilgi Germaniya chempionatida „PSV“ futbol klubi finalda „Gauliga Südwest/Maingessen“ futbol klubi jamoasi ustidan gʻalaba qozondi. Uchrashuvda Erwin Helmchen jami toʻqqizta gol urdi. 1936-yilgi Germaniya futbol chempionati guruh bosqichida „PSV“ futbol klubi Dortmundning Stadion Rote Erde stadionida 40 000 tomoshabin ko‘z o‘ngida „Schalke 04“ futbol klubini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu oʻyinda Erwin Helmchen raqib darvozasiga ikkita gol urib, g‘alabaga hissa qo‘shdi..

„PSV“ futbol jamoasi 1936—1937-yilgi mavsumda ikkinchi oʻrinni egallagan edi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Helmchen 1945-yilda "SG Chemnitz Nord" futbol klubi jamoasiga qoʻshildi. U yerda Helmchen Chemnitz mintaqaviy musobaqalarida oʻynadi. Jamoa ushbu musobaqalarda 1947-yilda birinchi, 1948-yilda uchinchi oʻrinni egalladi. 1948—1949-yilgi mavsumda Erwin Helmchenning jamoasi „Meeraner SV“ futbol klubiga qarshi finalda magʻlub boʻldi. Erwin Helmchen 1949-yil 23-yanvarda Saksoniya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Helmut Schön tomonidan markaziy hujumchi sifatida terma jamoaga jalb qilingan.

Helmchen keyinchalik Schleswig-Holstein shahriga koʻchib oʻtdi. Shundan soʻng, Erwin Helmchen 1950-yil fevral oyidan boshlab „VfB Lübeck“ futbol klubida faoliyatini davom ettirdi[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mintaqaviy Pley-off oʻyinlari DFB-Pokal Germaniya chempionati Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Brandenburg Cottbus 1923—1924 Janubiy Sharqiy Germaniya futbol chempionati 7 16 7 16
1924—1925 12 26 2 4 14 30
1925—1926 21 49 21 49
1926—1927 17 23 7 8 24 31
1927—1928 13 15 7 10 20 25
Jami 71 129 16 22 86 151
PSV Chemnitz 1928—1929 Markaziy Germaniya futbol chempionati 17 30 17 30
1929—1930 17 45 17 45
1930—1931 18 45 2 9 20 51
1931—1932 18 51 5 14 2 5 25 70
1932—1933 18 42 4 6 1 1 23 49
1933—1934 Gauliga Sachsen 20 44 20 44
1934—1935 18 29 7 7 25 36
1935—1936 17 24 8 13 6 10 31 47
1936—1937 17 23 6 10 23 33
1937—1938 30 30
1938—1939 23 23
1939—1940 9 1 0 9
1940—1941 13 2 0 13
1941—1942 11 11
1942—1943 9 9
1943—1944 15 15
1944—1945 Division 2 13 13
Jami 232+ 447 11 29+ 10+ 13+ 16 23 269+ 512+
SG Chemnitz Nord 1945—1946 District League Chemnitz 37 37
1946—1947 2 2
1947—1948 5 5
1948—1949 10 10
1949—1950 Div. 1 — Saxony 5 5
Jami 54+ 59 54+ 59
VfB Lübeck 1949—1950 Oberliga 2 1 2 1
1950—1951 Landesliga Schleswig-Holstein 11 15 11 15
Jami 13 16 13 16
Jami 347+ 629 32 51 23 40 16 23 418+ 743+

Manbalar tahrir

  1. 100 Jahre Chemnitzer Fussball Bilder, Geschichten, Tabellen, Claus, Gerhard, Schmidt, Mario, [Chemnitz], 1999. ISBN 978-3-928678-58-2. OCLC 247562414. 
  2. „Best League Goalscorers All-Time“. rsssf.com.
  3. „Best Goalscorers All-Time (Official Matches)“. rsssf.com.
  4. Salmon. „Who scored the most goals in history?“. 90soccer.com (2021-yil 31-oktyabr).
  5. 100 Jahre Chemnitzer Fussball Bilder, Geschichten, Tabellen, Claus, Gerhard, Schmidt, Mario, [Chemnitz], 1999. ISBN 978-3-928678-58-2. OCLC 247562414. 100 Jahre Chemnitzer Fussball Bilder, Geschichten, Tabellen. Claus, Gerhard, Schmidt, Mario. [Chemnitz]. 1999. ISBN 978-3-928678-58-2. OCLC 247562414.{{cite book}}: CS1 maint: others (link)
  6. Lorenz Knieriem, Torjäger, p. 160.
  7. „Prolific Scorers Data : One season (all matches)“. rsssf. com.
  8. „Deutsche Meisterschaft 1931/1932 » Torschützenliste“ (de). Weltfussball.de. Qaraldi: 2016-yil 5-yanvar.
  9. „Deutsche Meisterschaft 1934/1935 » Halbfinale“ (German). Weltfussball.de. Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
  10. „Aktion "Rasen für Erwin"“ (German). cfc-fanpage.de.