Eshitish Moslamasi – tovushni kuchaytirib beradigan asbob boʻlib, eshitishi qisman past va yoki umuman eshitmaydigan insonlar qayta eshita olishlari uchun quloqni orqa va yoki ichki qismiga taqiladigan moslama. Eshitish moslamasining vazifasi qulogʻi qisman va yoki umuman eshitmaydiganlar(karlar) uchun tovushni balandroq qilib berish.

Hozirgi zamonning eng mashxoʻr eshitish moslamalari asosan quloqning orqa qismiga va yoki ichki qismiga qoʻyiladi.

Eshitish moslamalari paydo boʻlishidan oldin, insonlar „quloq karnaylari“ orqali atroflaridagi tovushlarni eshitganlar.

Ikki juft „otikon“ eshitish moslamalari
Ikki juft „otikon“ quloq orqasiga qoʻyiladigan eshitish moslamalari.
"Oticon" quloq ichi eshitish moslamasi.


Eshitish moslamalari mikrofon, tovush kuchaytirgich va trubochkadan iborat, quloq ichiga toqiladiganlari esa trubochkasiz boʻladi[1]. Eshituv aʼzosining tovush qabul qiluvchi yoki tovushni oʻtkazib beruvchi qismi zararlanganiga qarab, unga loyiq eshitish moslamasini taqish, quloq shifokorlari tomonidan buyuriladi. Eshitish moslamasining koʻzoynakka oʻxshash(ham koʻzida, ham qulogʻida nuqsoni borlar uchun) shuningdek, choʻntakda turadigan xillari ham bor.

Bu moslama nutqnigina emas, balki binodagi boshqa tovushlarni ham qoʻshib quchaytiradi. Shuning uchun qulogʻi ogʻir bemor oʻzi uchun yangi boʻlib tuyulgan tovush sharoitiga birdaniga koʻnika olmaydi. Eshitish moslamalariga oʻrgangan kishi nutqni begona tovushlardan ajratib, yaxshi qabul qiladi, baland tovushlarga chidami ortadi. Bemor tavsiya etilgan bir nechta mashqlarni bajarganidan keyingina eshitish moslamalaridan foydalanishi mumkin{{cn}}. Mashq avval tinch xonada yolgʻiz bir kishi bilan, keyin shovqinli yerda, soʻngra esa koʻpchilik orasida gaplashib oʻtkaziladi. Eshitish moslamalari texnik jihatdan nosoz boʻlib, nutqqa begona shovqinlar qoʻshilib ketsa yoki qitirlasa, bunda bemor tez toliqadi, qulogʻi shangʻillaydi, boshi ogʻriydi. Agar beʼmor eshitish moslamasi bilanham eshita olmasa, otoloringolog (LOR) vrachi tavsiyasi bilan maxsus eshituv protezi taqishiga toʻgʻri keladi.




  1. Rasmdan koʻra olishlaring mumkin.