Eshmat Haydarov
Haydarov Eshmat (1897, Qoʻqon - ?) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1944). Kuchli va jozibali ovoz sohibi. 12 yoshidan katta ashula yoʻllarini Hamroqul Qoriyevdan oʻrgangan. Keyinchalik Qoʻqon, Fargʻona, Toshkent toʻysayillarida qatnashgan. 1927-yildan Toshkentda. Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1936—45), Oʻzbek radiosi (1946-yildan), Oʻzbek davlat estradasi (1947—53) da yakkaxon xonanda. Repertuaridan Fargʻona —Toshkent maqom yoʻllari, katta ashula, ashula va ayrim yallalar oʻrin olgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |