Eshon (chigʻatoycha — išan) — soʻfiylik oqimlarida diniy rahnamolar unvoni. Odatda, Eshonlar darvishlik, so’fiylik oqimlarining biriga mansub boʻlgan. Ismoiliylar firqasi dindorlar jamoasining rahbari ham Eshon deb atalgan. Oʻrta asrlarda soʻfiy rahnamolariga murojaat qilishda ularning ismlari oʻrnida Eshon, baʼzan „pir“ soʻzlari qoʻshib ishlatilgan. Eshonlarga muridlarni soʻfiylik yoʻliga oʻrgatuvchi (murshid), bemorlar dardiga shifo beruvchi, kelajakni oldindan aytuvchi sifatida qarab kelingan.

Bazi tarixiy manbalarda eshonlar musulmon Chingizxon avlodidan, deyarli kopchilik eshonlar korinishda xam sariqdan kelgan aziyat yuzli, va ismini oxirida xon qoshimchasi bor, Aziyat yuzli oq yuzli, arablarga mutlaqo tortmaydi, ikkinchidan, tarixiy hujjatlarda aynan Chingizxon avlodidan Abulğozi Bahodurxonni shajaratul turk kitobida shunday yozadi, iqtibos:Ul zamonda Chağatayxan naslindin Toqluq Temirxon tegan Qoshğarda azim ESHONxon bolub erdi. Chağatayxon bolsa Chingizxon nevarasi boladi. Baxodurxon yana shunday yozadi, Chingizxon avlodlarini aksari oq sariq boldi kozlari ashxol boldi, kozini bubachiği qizil yani malla rang boldi deb yozadi

Manba: Abulğozi Baxodurxon Shajaratul Turk

Etimologiyasi

tahrir

Eshon so‘zi fors tilidan “ایشان" - ,,ular” degan ma’noni anglatadi. Qozoqlar: ishan; qirgʻizlar: eshen; tojiklar: eshon; tatarlar: ishan; turkmanlar: işan; uygʻurlar: ایشان tarzida talaffuz qiladilar[1]. Eshonlar Oʻrta Osiyodagi soʻfiy yetakchilariga berilgan sharafli unvondir. Jianping Vangning xulosalariga qaraganda, ,,Sharqiy Turkistonda topilgan so‘fiylik ta’limotida eshon ilohiy tabiatga ega bo‘lib, musulmonlar va Alloh o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Eshon o‘z guruhida mutlaq hokimiyatga ega va o‘z xalifasi va hofizini nomzod qilib ko‘rsatishi mumkin. Odatda, eshonlar o‘z mavqeyini o‘z oilasi ichidan meros qilib oladi va uni o‘z avlodlariga o‘tkazadi[2]. Ayrim hollarda o‘zining eng iqtidorli shogirdlariga ham eshonlik rutbasini topshirganlar. Eshon so‘zi shaxslar ismlarining bir qismi sifatida ham uchraydi.

Pir so‘zi ham fors tilida “پير” — keksa, qari ma’nosini ifodalaydi. Pirlar so‘fiylik an’anasida tariqatlarning oliy rahnamolari yoki obro‘li rahnamolari bo‘lganlar. Shuningdek, har bir murid o‘z murshidini ham pir deb atagan. Aholi orasida ,,pir” tushunchasi avliyo, ma’lum bir hunarning asoschisi ma’nosida ham ishlatiladi. Markaziy Osiyodagi mashhur eshonlardan Afoq Xoja[3], Dukchi Eshonlarni keltirib o‘tish mumkin[3].


Manbalar

tahrir
  1. Islam Yijiu JIN: , 2017 — 234–235-bet. 
  2. Jiangping Wang. Glossary of Chinese Islamic Terms, 2012 — 126-bet. 
  3. Aliya de Tiesenhausen. The Social Role of Art and Culture in Central Asia., 2022.