Eshonguzar masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan[1]. Masjid tumandagi eng eski masjidlaridan biri hisoblanadi.

Masjid
Eshonguzar jome masjidi
Eshonguzar
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20122013
Soʻngi imom Odidjon o'g'li Mamajonov
Gumbazlar soni 5
Gumbazlar soni 5
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Eshonguzar jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Turkiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan[2]. Masjidning bosh imom-xatibi Odidjon oʻgʻli Mamajonov hisoblanadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorta uchun Turkiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi, shuningdek, Alisher Navoiy koʻchasi va unga qoʻshni boʻlgan hududlardan namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi.

Tarixi

tahrir

Eshonguzar jome masjid Zangiota tuman Eshonguzar qishloq fuqarolar yigʻinining faol aholi tomonidan 1992-yilda hashar yoʻli orqali qurilgan. Masjid hududi 0,20 gektar maydonda joylashgan boʻlib, 1 dona xonaqoh, 1 dona ayvon, 4 dona kichik va 1 dona katta gumbazdan iborat. Masjid atrofida Eshonguzar qabristoni joylashgan. „Eshonguzar“ jomeʼ masjidida 650 nafar namozxonlar ibodat qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Masjid 2013-yilda qayta taʼmirlangan. Masjid hovlisida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan maqbara mavjud boʻlib, u 1848-yilda tugʻilib, 1922-yilda vafot etgan Lutfulla eshon Madali eshon oʻgʻliga tegishli hisoblanadi, hamda, qabrning bosh tarafidagi marmarga „basmala“dan soʻng „Gʻofir“ surasi 40 oyat suls xatida yozilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „АНАС ИБН МАЛИК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „"Мечеть Эшонгузар"“. http://xn----btbeefogby2aeg6ao.xn--p1ai. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. „ЭШОНГУЗАР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.

Havolalar

tahrir

Abdulloh ibn Rovaha" jome masjidida Qurbon hayiti