Eskapizm (escape — „qochmoq“) bu kundalik hayotning yoqimsiz yoki zerikarli tomonlaridan, odatda, xayoliy yoki koʻngilochar faoliyatlar orqali ruhiy ogʻish yoki chalgʻishdir.[2][3][4] Eskapizm insonni doimiy ruhiy tushkunlik yoki umumiy qaygʻu hislaridan chalgʻishi, ularni chetlab oʻtishi uchun foydalanilishi mumkin.

Bavariya qiroli Lyudvig II Wagner mifologiyasi olamiga qochgan eskapist boʻlgan.[1] Karikaturada u qirol Lohengrin sifatida tasvirlangan.

Tarixi

tahrir

1939-yilda inglizcha escapism soʻzi ilk bor Webster’s New International Dictionary („Websterning yangi xalqaro lugʻati“) da uchragan. 1960-yillardan boshlab, ingliz tilidagi lugʻatlarning aksariyati „escapism“ yoki shunga oʻxshash taʼriflarni „escape“ feʼlining rasmiy maʼnolaridan biri oʻlaroq qabul qilishgan.

Manbalar

tahrir
  1. Workman, Leslie J.. Medievalism in Europe. Boydell & Brewer, 1994 — 241-bet. ISBN 9780859914000. 
  2. „ESCAPISM | meaning in the Cambridge English Dictionary“ (en). dictionary.cambridge.org. Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
  3. „Definition of ESCAPISM“ (en). www.merriam-webster.com. Qaraldi: 23-mart 2020-yil.
  4. „Escapism | Meaning of Escapism by Lexico“ (en). Lexico Dictionaries | English. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-mart 2020-yil.

Havolalar

tahrir