Mustafayev Eskender Ametovich (1981-yil 17-iyulda tugʻilgan) paralimpiyachi suzuvchi. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Ukraina nomidan qatnashib, 50 metrga erkin usulda suzishda oltin, 2013-yilda IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida ikkita oltin va ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan. Mustafayev 2015-yilgi IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida Rossiya nomidan qatnashib, bittadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

Mustafayev Eskender Ametovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi UkrainaRossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 17-iyul 1981-yil (1981-07-17) (42 yosh)
Chinoz, Toshkent viloyati
Sport
Qaysi sport suzish

Hayoti tahrir

Eskender Mustafayev Toshkent viloyatining Chinoz shahrida tugʻilgan[1]. Besh yoshida unga Charcot-Marie-Tooth kasalligi tashxisi qoʻyilgan. U uylangan, xotini Yuliyadan bir qizi bor. Mustafayev avvalroq ukrainalik paralimpiyachi Olga Mustafoyeva bilan turmush qurgan edi. U ukrain tilini bilmaydi va rus tilida gapiradi.

Suzuvchilik faoliyati tahrir

Mustafayev 2008-yilda Ukrainaning Sevastopol shahrida bel va qoʻlning zaifligini reabilitatsiya qilish rejimi doirasida suzishni boshlagan. U dastlab qilichbozlikka qiziqqan, ammo, suzishga ahd qilgan, chunki uning qoʻlidagi muammolar qilichbozlik bilan shugʻullanishiga halaqit berar edi. 2011-yilda Mustafayev terma jamoa safida debyut qilgan va Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib oʻtgan suzish boʻyicha IPC Yevropa chempionatida Ukraina delegatsiyasi aʼzosi sifatida erkaklar oʻrtasida 50 metrga S4 erkin suzishda ishtirok etgan[2].

Mustafayev 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Qrim viloyatidan qatnashgan uch ukrainalik sportchidan biri boʻlgan[3]. 2012-yilda Londonda 31 yoshli Mustafayev S4 suzish boʻyicha 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha 38,26 soniya natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[4][5].Shuningdek, Londondagi suzish dasturida 100 metrga erkin usulda, 50 metrga chalqancha va 200 metrga erkin usulda suzish bahslarida ham ishtirok etgan. 2012-yilgi natijalarilardan soʻng Mustafayev sportdagi yutuqlari uchun „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[6][7][8].

Monrealda boʻlib oʻtgan 2013-yilgi IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida Mustafayev erkaklar oʻrtasida 50 metrga S4 erkin uslubda suzishda 37,96 soniya natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[9][10]. U erkaklar oʻrtasida 100 metrga erkin uslubda suzishda oʻtkazilgan bahslarda sloveniyalik Darko Dyurichga sekundning uchdan bir qismiga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan[11].

Mustafayev 2014-yilda rasmiy ravishda fuqaroligini oʻzgartirdi va hozirda xalqaro musobaqalarda Rossiya sharafini himoya qilib kelmoqda[12][13].

Mustafayev 2014-yilgi IPC suzish boʻyicha Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborgan. 2015-yilda u IPC Jahon chempionatida Rossiya sharafini himoya qilgan va 4 x 50 m erkin estafetada 20 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan[14]. 100 metrga erkin uslubda va 50 metrga chalqancha uslubda suzish boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda esa saralashdan oʻta olmagan.

Manbalar tahrir

  1. „Eskender Mustafaiev wins Paralympic gold“. QHA (2012-yil 3-sentyabr). 2015-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  2. „Great Britain Aim to Close Gap on Ukraine“. IPC Press (2011-yil 7-may). 2015-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  3. „Crimean athletes to vie for Paralympic gold“. QHA (2012-yil 29-avgust). 2015-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  4. „El ciclista Alfonso Cabello da el primer oro a España“ (es). El Imparcial (2012-yil 31-avgust).
  5. „ucraniano Eskender Mustafaiev (d) felicitado por frances David Smetanine tras ganar 50 metros libres EFE“ (es). El Universo (2012-yil 31-avgust).
  6. Сергея Аллахвердяна.. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАИНЫ № 546/2012 О награждении государственными наградами Украины“ (Ukrainian). Паралимпийский спорт в Украине (2012-yil 18-sentyabr). 2017-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
  7. Ukaz Prezidenta Ukraїni № 546/2012 vіd 17 veresnya 2012 roku „Pro vіdznachennya derjavnimi nagorodami Ukraїni“
  8. Paralimpiysi iz Krima udostoeni ordenov knyagini Olgi
  9. Jeff Grace.. „FIVE WORLD RECORDS FALL ON THE FIRST NIGHT OF IPC WORLD CHAMPIONSHIPS“. Swim Swam (2013-yil 12-avgust).
  10. Gary Anderson.. „Banned swimmer Arlen accuses IPC of "humiliating and targeting her" after ban“. Insidethegames.biz (2013-yil 13-avgust).
  11. „Benoit Huot Gets Local Crowd Excited With 200 IM Win at IPC Worlds“. Swimming World (2013-yil avgust).
  12. „Порошенко позбавив стипендій чемпіонів-паралімпійців, які втекли до Росії“ (Ukrainian). Високий Замок Online (2014-yil 14-oktyabr). 2015-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
  13. „Про позбавлення стипендій Президента України для видатних спортсменів із паралімпійських і дефлімпійських [... Президент України;“] (Ukrainian). Президент України (2014-yil 14-oktyabr).
  14. „Eindhoven 2014: What to watch on day two“. International Paralympic Committee (2014-yil 6-avgust).

Havolalar tahrir