Eterifikatsiya (yun. shgpeg efir va lot. Gʻasyu — qilaman) — karbon kislotalarning mineral kislotalar ishtirokida spirtlar bilan birikib murakkab efirlar hosil qilish reaksiyasi. Mazkur reaksiyaning kimyoviy muvozanatini oʻngga surish maqsadida reaksiya mahsulotlarining biri ortiqcha miqdorda olinadi. Mas, karbon kislota koʻproq olinganda spirtning hammasi reaksiyaga kirishib ketadi. E.da vodorod ionlari (N+) katalizator rolini oʻynaydi. Bunda karbkation hosil boʻlib, u spirt molekulasini biriktirgan holda oraliq kompleks hosil qilishi mumkin. Keyin soʻnggi karbkation dissotsiatsiyalanib, murakkab efirni ajratadi. Katalizator (vodorod ioni — proton) erkin holda ajraladi. Nishonlangan atomlar yordamida E.da hosil boʻladigan suvning gidroksil guruhini kislota, vodorodni esa spirt ajratadi. E.dan sanoatda keng foydalaniladi. Murakkab efirlar, shuningdek, poliefir tolalar (lavsan va boshqalar) ham E. usuli bilan olinadi.