Etilenoksid
Etilenoksid, oksiran, - 1,2 epoksietan, XV efir hidi keladigan rangsiz gaz yoki suyuqlik. Mol. m. 44,05. Suyuqlanish temperaturasi — 112,5°, qaynash temperaturasi 10,7°, zichligi 870 kg/m3. Suv, etanol, uglevodorodlar va boshqalar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. 300° gacha barqaror, 400° dan yuqori trada azotli aralashmasi izomerlanib atsetaldegidga aylanadi yoki etilen (Etilinoksid koʻproq boʻlsa) hosil qiladi. Kumush nitrat Ayog>YU3ning suvdagi eritmasida kislorod ishtirokida oksidlansa glikol kislota, oksid va kumush katalizatorligida oksidlansa S02va suv, nikel katalizatori ustida 30°da gidrogenlansa etanol beradi. Etilinoksid oson polimerlanadi, initsiatorlarning tabiatiga qarab mol. m. turlicha boʻlgan polietilenoksid olish mumkin. Diamerlanganda 1,4dioksan hosil boʻladi. Sanoatda etilenni oksidlash usulida sintez qilinadi. Organik sintezning muhim mahsuloti hisoblanadi. Etilinoksid etilenglikollar, galogengidrinlar, etanolaminlar, dioksan, feniletanol, ionogensiz sirt faol moddalar ishlab chiqarishda, shuningdek, tibbiyotda asbobuskunalar, bir marta qoʻllanadigan shpritslarni sterilizatsiya qilishda ishlatiladi.Etilinoksid — yonuvchi, portlovchi va zaharli modda. Chaqnash temperaturasi < — 18°. Teriga va shilliq pardalarga taʼsir etadi. Havodagi miqdori 1 mg/m3dan oshmasligi kerak.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |