Bosh menuni ochish
Mt Etna and Catania1.jpg

Etna (yun. — alangalamoq) — Sitsiliya o.ning shim.sharqiy qismidagi harakatdagi vulkan, Italiyada. Balandligi 3340 m (Yevropada eng baland vulkan). Shakli yassi konussimon. Yon bagʻrida juda koʻp mayda krateri, bazalt va andezitli lava oqimlari hamda qalin vulkan kuli qatlami bor. E. faol vulkan. 1669 yilda quchli, 1983 yilda soʻnggi bor otilgan. 800–900 m balandlikkacha bogʻ va tokzor hamda dalalardan, undan yuqorisi butazor va oʻrmonlardan iborat. Turizm rivojlangan.