Eva Moser
Eva Moser | |
---|---|
Mamlakat | Avstriya |
Tugʻilishi |
26-iyul1982-yil Tamsweg, Avstriya |
Vafoti |
31-marct 2019-yil (36-yoshida) Graz, Avstriya |
Saravha |
Xalqaro magistr, Ayol grossmeyster |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2471 (July 2012) |
Eva Moser (talaffuzi: Eva Mozer 26-iyul 1982-yil — 31-mart 2019-yil) avstriyalik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2004-yilda Xalqaro usta (IM) va 2003-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga sazovor boʻlgan.[1] Moser shaxmat boʻyicha Avstriyaning mutlaq chempioni va ayollar chempionatlarida ham gʻolib boʻlgan. U 2008-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Shaxmatdagi faoliyati
tahrirMoser 10 yoshidan shaxmat oʻynay boshlagan. U sakkiz marta shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida turli yosh guruhlarida gʻolib chiqqan.
1998-yilda Mozer 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Murek shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida tay-brekda gʻalaba qozongan Ana Matnadzedan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Umumjamoa hisobida Moser 2000-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida, 2004-yilda 36-shaxmat olimpiadasining ochiq seksiyasida (odatda „erkaklar seksiyasi“ deb ataladi), 2003-yildan beri ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida va Mitropa Cup (1999, 2002, 2004) ochiq boʻlimida Avstriya sharafini himoya qilib kelgan.
Moser FIDE tomonidan 2003-yilda Ayol grossmeyster (WGM) (Avstriyalik ayollar oarsida birinchisi) va 2004-yilda xalqaro usta (IM) unvonlari bilan taqdirlangan.
2006-yilda u Köflachda boʻlib oʻtgan Avstriya shaxmat chempionatida[2] mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu ishni qilgan birinchi ayol boʻldi. U 2010[3] va 2011-yillarda[4] ayollar oʻrtasidagi Avstriya chempionatida gʻolib boʻlgan.
2000-yilda Drezden ayollar musobaqasi,[5] Jena Open 2009,[6] 2010,[7] 2011[8] va 2012,[9] va Chess Ladies Vena 2012[10] va 2013 turnirlarda mutlaq gʻolib boʻlgan.
2006—2007-yilgi mavsumda uning Avstriya birinchi liga jamoasi Styria Graz Avstriya terma jamoasi chempioniga aylandi. U Avstriyaning „Wolfsberg“ jamoasida oʻynagan. OSG Baden-Baden Germaniya ayollar shaxmat Bundesligasida besh marta gʻalaba qozongan va koʻp yillar davomida oʻz mavqeini saqlab qolgan.
Moser, shuningdek, ChessBase bilan kam miqdordagi oʻquv shaxmat DVDlarini nashr etdi.
Shaxsiy hayoti
tahrirMoser 2009-yilda Gratsda biznes boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha diplomni qoʻlga kiritgan. U Avstriyaning „Schach-Aktiv“ shaxmat jurnalida ishlagan.
Eva Moser 2019-yil 31-martda[11] Gratsda leykamiyadan vafot etdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Moser, Eva FIDE Chess Profile“. ratings.fide.com. 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.
- ↑ AUT Staatsmeisterschaft 2006. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Austrian Womenʼs Championship 2010. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Austrian Womenʼs Championship 2011. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Big Database 2013, ChessBase GmbH
- ↑ 3. Schwarzer Bär — Open 2009 (Wayback Machine saytida 4-mart 2016-yil sanasida arxivlangan) Tournament Results
- ↑ 4. Schwarzer Bär — Open 2010 (Wayback Machine saytida 24-sentabr 2015-yil sanasida arxivlangan) Tournament Results
- ↑ 5. Schwarzer Bär Open 2011. Tournament report.. FIDE.
- ↑ 1. Hotel-am-Stadion Open 2012. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Chess Ladies Vienna 2012. Tournament report.. FIDE.
- ↑ Schulz, André (2019-04-03). „Eva Moser (July 26, 1982 — March 31, 2019) has died at 36“. ChessBase.