Evakuatsiya
Evakuatsiya (lotincha yeuasio — boʻshataman) — 1) jangovar harakatlar boʻlayotgan yerlardan yarador, bemor, asirlar, shuningdek, taʼmirga muhtoj va ortiqcha asbob-uskunalar, harbiy oʻljalar va boshqalar moddiy vositalarni front ortiga joʻnatish; 2) harbiy va siyosiy sabablar, shuningdek, tuzilgan shartnoma va bitimlar asosida qoʻshinlarni ilgari egallab turgan rayonlardan olib chiqib ketish; 3) dushman hujumi xavfi ostida qolgan yoxud tabiiy ofat (suv toshqini va boshqalar) ga uchragan joylardan fuqarolar, korxonalar, idoralar, badiiy va boshqalar qadriyatlar, mulklarni olib chiqish, saqlab qolish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |