Bosh menuni ochish

Evelar (oʻzlarini evegbe deb atashadi) — Gana (1,9 mln. kishi, 1990- yillar oʻrtalari), Togo (1,71 mln. kishi) va Nigeriya (50 ming kishi) dagi xalq. Eve tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy eʼtiqodlar saqlangan, xristianlar va sunniy musulmonlar ham bor. Asosiy mashgʻulotlari — dehqonchilik (makkajoʻxori, paxta yetishtirish va boshqalar).