Evfoniya
Evfoniya (yun. — yeirposha — ohangdorlik, ohangdoshlik) — nutqning ohangdorligini taʼminlovchi turli xil fonetik usullar, holatlar majmui; fonikanit tarkibiy qismlaridan. E. nutqning deyarli barcha turlari uchun xos. U nutqning talaffuzga oson, eshituvchiga yoqimli tuziladi. E. fikrning estetik goʻzalligini, musiqiyligini va emotsional taʼsirchanligini taʼminlaydi, sheʼriy ritmning izchilligini, poetik fikrning jarangdorligini ifodalaydi. Qofiya, alliteratsiya, assonans va tovush takrorlanishi E.ning usul va vositalari hisoblanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |