Evgeniy Abdullayev
Evgeniy Viktorovich Abdullayev (1971-yil 19-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekistonda muqim turuvchi rus shoiri, yozuvchisi va tanqidchisi. U faqatgina tanqidiy maqolalarni oʻzining asl ismi-sharifi bilan, sheʼriy va nasriy asarlarini Suhbat Aflotuniy taxallusi bilan chiqaradi.
Evgeniy Viktorovich Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
19-aprel 1971-yil |
Kasbi | shoir, yozuvchi, tanqidchi |
Yevgeniyning bolaligi Namanganda oʻtgan. 1978-yildan buyon Toshkent shahrida yashaydi. 1993-yilda boʻlajak yozuvchi ToshDU (Toshkent davlat universiteti, ayni kunda Oʻzbekiston milliy universiteti deb yuritiladi)ning falsafa fakultetini tamomlagan.[1]
„Arion“, „Xalqlar doʻstligi“, „Sharq yulduzi“, „Bayroq“, „Iyerusalim jurnali“, „Yoshlik“, „Oktyabr“ jurnallarida, „Kichik ipak yoʻli“ almanaxlarida (Toshkent — Moskva, 1999-2005-yillarda) va „Interpoeziya“ (Nyu-York — Moskva, 2005-yilda) va boshqalar. „Oktyabr“ jurnali (2004-2006-yillarda), „Rossiya mukofoti“ (2005-yilda), „Triumf“ yoshlar mukofoti (2006-yilda) laureati.
Shuningdek, Yevgeniy Viktorovichni „Romans va eskizlar“ (R.Elinina adabiyot nashriyoti, Moskva, 2003), „Kesilgan quloq peyzaji“ (R.Elinina nashriyoti, Moskva, 2008). „Toshkent romani“ (Amfora, 2006, Sankt-Peterburg), „+39“ (2011), „Avliyoga itoat“ (2015), „Chumoli podishoh“ (2016) va boshqalar sheʼriy kitob toʻplamlari hisoblanadi.
2006-yildan yozuvchi „Sharq yulduzi“va „Xalqlar doʻstligi“ jurnallari tahririyat kengashi aʼzolari safidan oʻrin olgan.[2]
Havolalar
tahrir- Suxbat Aflatuni v „Jurnalnom zale“
- Olga Balla. A chetvyortomu ne bivat. „Drujba narodov“ № 5, 2016
- Dmitriy Tonkonogov. Iz knijnix lavok. „Arion“ № 4, 2008
- Mariya Galina Suxbat Aflatuni. Tashkentskiy roman. jurnal „Znamya“ № 8, 2007
- Vladimir Gubaylovskiy Knijnaya polka Vladimira Gubaylovskogo jurnal „Noviy mir“, 2008, № 7
- Dmitriy Novoxatskiy Transkulturniy tekst i tendensii russkogo literaturnogo meynstrima: „Tashkentskiy roman“ Suxbata Aflatuni. jurnal Mundo Eslavo № 18 (2019)
- Sergey Shulakov Logos — mujskogo roda. Russkoyazichniy pisatel iz Tashkenta i poklonenie volxvov. „Nezavisimaya gazeta“, 25.02.2016
Manbalar
tahrir- ↑ Евгений Абдуллаев — о писателе Livelib.ru
- ↑ Абдуллаев, Евгений Викторович (Wayback Machine saytida 2023-11-13 sanasida arxivlangan) Peoplelife.ru