Evgeniy Bobrov
Evgeniy Alekseevich Bobrov (1962-yil 5-dekabrda tugʻilgan) – Rossiya dengiz floti zobiti, suv osti kemasi- gidronavti, 1-darajali kapitan. Chuqur dengizdagi harbiy texnika sinovchisi. Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2013)[1][2]. „Jasorat“ ordeni, „Jasorat uchun“ medali sohibi. Rossiya Geografiya Jamiyatining Suv osti tadqiqotlari markazining ekspeditsiya tadqiqot boʻlimi boshligʻi.
Evgeniy Bobrov | |
---|---|
Tavalludi |
1962-yil 5-dekabr Qirg'iziston |
Fuqaroligi | SSSR |
Hayoti va faoliyati
tahrir1962-yil 5-dekabrda Qirgʻiziston SSR, Frunze shahrida (hozirgi Qirgʻizistonning Bishkek shahri) tugʻilgan.
1985-yilda Leningrad shahridagi (1991-yildan – Sankt-Peterburg) Lenin komsomoli nomidagi Oliy dengiz suv osti maktabini (VVMUPP), suv osti kemalarining mina va torpedo qurollari mutaxassisligini boʻyicha tamomlagan.
VMMUPPni tugatgach, u Tinch okean flotining strategik raketa suv osti kemalarida, keyin esa Shimoliy flotning maxsus maqsadli suv osti kemalarida xizmat qilgan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Dengiz chuqurligini tadqiq qilish bosh boshqarmasining boʻlinmasida xizmat qilgan. 2003-yilda Sankt-Peterburgdagi Sovet Ittifoqi floti admirali N. G. Kuznetsov nomidagi dengiz akademiyasini tamomlagan. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2013-yil 6- dekabrdagi („yopiq“) farmoni bilan maxsus topshiriqni bajarishda koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun 1-darajali kapitan Evgeniy Alekseevich Bobrov Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni va Oltin yulduz medali bilan taqdirlandi. 2017-yildan 1-darajali kapitan E. A. Bobrov istefoga chiqadi.
Evgeniy Bobrov Rossiya Geografiya Jamiyatining Suv osti tadqiqotlari markazining ekspeditsiya tadqiqot boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan, keyin esa oʻsha Markaz ijrochi direktorining maslahatchisi boʻlgan. Sankt-Peterburgda yashaydi.
Mukofotlari
tahrir„Jasorat“ ordeni,
„Jasorat uchun“ medallari
Rossiya Federatsiyasi Qahramoni
Oltin yulduz medali