Evkalipt
Evkalipt (Yeisa1urgi8) — mirtadoshlarga mansub doim yashil daraxt yoki butalar turkumi; dorivor oʻsimlik. Avstraliya va uning atrofidagi orollarda 500 dan ortiq turi tarqalgan. Tropik va subtropiklarda koʻp ekiladi (mas, Braziliyada E. ekilgan maydonlar Avstraliya, Ispaniya, Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari va boshqalardagidan koʻproq). Gʻarbiy Gruziya, Qrim va Ozarbayjonda E.ning sharsimon, kulrang va xivchinsimon turlari oʻstiriladi. Tanasi baquvvat, balandligi 80–100 m gacha, shoxshabbasi siyrak. Barglari etli, chekkalari tekis. Gullari oq, baʼzan ochsargʻish va toʻqqizil, ikki jinsli, barg qoʻltigʻidan chiqib qalqon yoki roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi, mevasi koʻp urugʻli koʻsakcha. E. issiqsevar va namsevar oʻsimlik. Unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. 500 yilgacha yashaydi. Barglari yoz davomida teriladi, lekin kuzda terilgan bargi tarkibida tibbiyotda va parfyumeriyada ishlatiladigan efir moyi koʻp. Quruq bargi tarkibidagi efir moyi miqdori 1,5—3%. E.ning boshqa 20 ga yaqin turi manzarali oʻsimlik sifatida hamda yogʻochi (qurilish va qogʻoz sanoati) uchun oʻstiriladi. E. tez oʻsuvchan boʻlgani tufayli (bir yidda 4–5 m oʻsadi) botqoq yerlarda ekilganda botqoqlarni quritib, tuproq tarkibini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi. Urugʻidan koʻpaytiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |