Evkommiya
Evkommiya (Yeisotppa) — evkommiyadoshlar oilasiga mansub barg toʻkadigan ikki uyli daraxtlar turkumi. Xitoy (1000-yildan beri), Vyetnam, Gʻarbiy Yevropadagi ayrim mamlakatlar, Shimoliy Afrika, AQShda, Oʻrta Osiyo va Zakavkazyeda (kichik maydonlarda) oʻstiriladi. E.ning qayragʻochsimon turi (Ye. shlyuUyez) Xitoyda oʻsadi. Boʻyi 15–20 m, barglari oddiy, tuxumsimon yoki ellipssimon, ketmaket joylashgan, yonbargchasiz. Gullari mayda, ikki jinsli. Mevasi choʻziq qanotchali yongʻoqcha, sovuqqa chidamli. E.ning yogʻoch va urugʻidan tashqari hamma qismida guttaperchash sut naychalari boʻladi. Bargida 2—4%, tana va shoxlari poʻstlogʻida 5—6%, iddiz poʻstlogʻida 9—12% guttapercha bor. E. guttaperchasi juda sifatli. Uning 74% ini gutta, 20% ini smola tashkil qiladi. E. poʻstlogʻining qaynatmasi, damlamasi va ekstrakti gipertoniya kasalligini davolashda qoʻllanadi. Urugʻidan, ildiz bachkisi va parxish qilib, shuningdek yashil qalamchalaridan koʻpaytiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |