Evpatriylar
Evpatriylar, yevpatriylar (yunoncha: — moʻʼtabar otalar) — Afinada zodagon yer egalari. Rivoyatlarga koʻra, Tesey davrida (miloddan avvalgi taxminan 13-asr) tashkil topgan erkin aholining 3 tabaqasidan biri (geomorlar — mayda yer egalari va demiurglar — hunarmandlar qatori). Miloddan avvalgi 8 — 6-asrlarda E. ijtimoiymulkiy tabaqalanish jarayonida eng yaxshi yerlarga ega boʻlib olishgan. Ularning yerlarida ishlovchi chorakorlarga hosilning 5/6 qismini berishgan, siyosiy hokimiyat ham ular qoʻlida toʻplangan (faqat E.gina arxontp mansabiga saylanib areopag aʼzosi boʻlishi mumkin edi). Qonun chiqaruvchilar Solon (miloddan avvalgi 594—93 ylar) va Klisfen (miloddan avvalgi 6-asr oxiri)ning demokratik islohotlari tufayli oʻz imtiyozlaridan mahrum boʻlishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |