Eyjafjallajökull[1][2][3] (talaffuzi: Eyyafyadllayyoʻkutll, islandcha talaffuzi: ˈeiːjaˌfjatlaˌjœːkʏtl̥) — Islandiyadagi oltinchi eng katta muzlikdir. Islandiya janubida, Reykyavikdan 125 km sharqda joylashgan. Bu muzlik ostida (va qisman qoʻshni Mirdalsjokull muzligi ostida) xuddi shu nomdagi[4] konussimon[5] vulqon bor. Choʻqqining balandligi 1666 m, muzlik maydoni taxminan 100 km². Vulqon krateri 3-4 km diametrni tashkil qiladi (2010-yilgacha muzliklar bilan qoplangan)[6]. Muzlikning janubiy uchida unga eng yaqin boʻlgan Skógar qishlogʻi joylashgan. Muzlikdan Skougau koʻlining (isl. Skógá) mashhur Skogafoss sharsharasi oqadi[7].

Eyjafjallajökull
(Guðnasteinn
Hámundur)
Eyjafjallajokull Gigjokull in ash.jpg
Gígjökull, Eyjafjallajökullning eng katta muzligi vulqon kuli bilan qoplangan
Turi Stratovulqon
Joylashuvi 63°37′12″N 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W / 63.62000; -19.61333 G OKoordinatalari: 63°37′12″N 19°36′48″W / 63.62000°N 19.61333°W / 63.62000; -19.61333 G O
Iceland location map.svg
Islandiya
Ushbu maqolani tinglang (0 daqiqa)
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 12-dekabr, 2022-yil(2022-12-12) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

TarixiTahrirlash

Deyarli ikki yuz yil davomida vulqon harakatsiz deb hisoblangan. Vulqonning nofaol davridan oldin otilish sodir boʻlgan va bu holat 1821-yil 19-dekabrdan 1823-yil 1-yanvargacha taxminan bir yil davom etgan. Bu Eyjafjallajökull muzliklarining erishi xavfiga sabab boʻlgan. VEI shkalasi boʻyicha otilish kuchi 2 ball, tutun hajmi 4 ×106 m³ deb belgilangan. Oxirgi vulqon portlash holati 2010-yil 20-martda mahalliy vaqt bilan 22:30 dan 23:30 gacha[8] muzlikning sharqiy qismida taxminan 500 m uzunlikdagi yoriq shakllanishi bilan boshlangan. Bu vaqtda katta kul chiqindilari qayd etilmagan. 2010-yil 16-20-aprelda Yevropaning bir qismi havo hududining yopilishiga va oʻsha yilning may oyida vaqti-vaqti bilan cheklovlarning oʻrnatilishiga sabab boʻlgan (Rossiya fanlar akademiyasi geografiya instituti]] direktorining oʻrinbosari Arkadiy Tishkovning soʻzlariga koʻra, „Islandiyada havoga koʻtarilgan oʻsha narsa hatto 1 km³ hajmga ham yetmagan edi“)[9]. VEI shkalasi boʻyicha otilish intensivligi 4 ball deb baholangan[10].

NomlanishiTahrirlash

„Eyjafjallajökull“ nomi „eyja“ [ˈɛɪja] — orol, „fjall“ [fjatl̥] — togʻ va „jökull“ [ˈjœkʏtl̥] — muzlik maʼnosini anglatuvchi soʻzlarning birlashmasidan hosil boʻlgan. Amerikalik tilshunoslarning tadqiqotiga koʻra, muzlik nomini dunyo aholisining atigi 0,005 foizigina toʻgʻri talaffuz qila oladi[11]. Islandiyalik qoʻshiqchi Elisa Geirsdottir Numan "Eyjafjallajökull" soʻzini oʻrganishda yordam berish uchun qoʻshiq yaratgan[12][13].

Eyjafjallajökull va KatlaTahrirlash

Eyjafjallajökull vulqoni faolroq boʻlgan boshqa bir muz osti vulqoni - Katladan 12 km gʻarbda joylashgan. 920, 1612 va 1821 — 1823-yillardagi Eyjafjallajökull otilishi Katla vulqonining otilishidan oldin sodir boʻlgan. Baʼzi Islandiyalik geofiziklarning fikriga koʻra, 2010-yildagi vulqon otilishi Katla vulqonining qoʻzgʻalishi uchun sabab boʻlishi mumkin.

Ommaviy madaniyatdaTahrirlash

„Islandiya vulqon otilishi“ (Iceland Volcano Eruption) — National Geographic hujjatli filmi (2010)

„Eyjafjallajökull“ (film) — badiiy film (Fransiya, 2013)

„The Secret Life of Walter Mitty“ — badiiy filmi (AQSh, 2013)

„AFC Eyjafjallajökull“ — Estoniyadagi havaskor futbol jamoasi[14].

„FC Eyjafjallajökull“ — Islandiya futbol jamoasi[15][16].

ManbalarTahrirlash

  1. Atlas mira („Prezidentskiy“). Izdano po zakazu Pravitelstva RF. Pod red. Drajnyuk A. A.; Котляков, Владимир Михайлович; Берлянт, Александр Михайлович Izdatelstvo: M.: Roskartografiya, 1999. — ISBN 5-85120-055-3. — 3000 ekz
  2. Islandiya: Obщegeograficheskaya karta / sost. i podgot. k izd. Novosibirskoy kartogr. f-koy v 2003 g.; st. red. A. V. Molostova; red. Ye. G. Chirkova. — 6-e izd. — 1:1000000, 10 km v 1 sm. — M., 2003 (Novosibirsk: kartogr. f-ka). — ISBN 5-87663-008-X. — 3000 ekz.
  3. „Инструкция по русской передаче географических названий Исландии / Сост. Широкова В. С.; Ред. Берков В. П. — М., 1974. — 39 с.“ (ru). rosreestr.ru. 1-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  4. Islandiya. Spravochnaya karta. Masshtab 1:1000000. — M.: GUGK, 1981.
  5. „Исландский вулкан Эйяфьятлайокудль, нарушивший авиасообщение в мире: история извержений и видео“ (ru).
  6. „Вулкан Эйяфьятлайокудль в Исландии. Справка“ (ru). РИА Новости (15-aprel 2010-yil). Qaraldi: 16-aprel 2010-yil.
  7. „Вулкан Эйяфьялайокуль // Всё о геологии“ (ru). wiki.web.ru. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  8. „Eruption on Fimmvörðuháls“ (en). Исландская метеорологическая служба (21 марта 2010). Qaraldi: 18-aprel 2010-yil.
  9. „Масштаб извержения вулкана в Исландии резко уступает масштабу психоза, начавшегося в Европе, считают российские учёные“ (ru). Ами-ТАСС (16 апреля 2010). 23-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  10. Erica R. Hendry. „What we kow from the icelandic volcano“ (en). www.smithsonianmag.com. 26-aprel 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  11. „Название исландского вулкана способны выговорить 0,005 процента людей“ (ru). lenta.ru. Qaraldi: 11-mart 2020-yil. . Lenta.ru
  12. „Исландская певица сочинила песню об Эйяфьятлайокудле“ (ru). lenta.ru. Qaraldi: 11-mart 2020-yil.
  13.   Musician explains volcano's name YouTubeda(ingl.)
  14. „AFC Eyjafjallajoküll on Instagram“. www.instagram.com. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  15. „FC Eyjafjallajökull on Twitter“ (ru). Twitter. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  16. „FC Eyjafjallajökull on Facebook“ (en). Facebook. Qaraldi: 25-may 2021-yil.

AdabiyotlarTahrirlash