Eynshteyniy
Eynshteyniy — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sunʼiy usulda olingan radioaktiv kimyoviy element. Aktinoidlarga kiradi. Tartib raqami — 99. Albert Einstein sharafiga shunday nomlangan. 1952-yilda amerikalik olimlar tomonidan kashf etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |