Ezoterizm konsepsiyasi
Ezoterizm konsepsiyasi – olamni, uning yaralishini noanʼanaviy, fan tomonidan tasdiqlanmagan usullar orqali anglashga qaratilgandir.
„Ezoterizm“ soʻzi yunon tilidan olingan boʻlib, „ichki“, „botiniy“ ilm, yoxud „ibodatxonaga kirishning xos yoʻli“ maʼnolarini anglatgan. Ilk bora qadimgi yunon faylasufi Pifagor maktabi vakillari mazkur soha bilan shugʻullanganlari qayd etiladi.
Ezoterizm borliq qonun-qoidalarini maʼnaviy psixologik bilishdir. Shuningdek, u, dunyo evolyusiyasining mohiyatini anglashdagi spesifik qarashlarning majmuidir. Bunga mistisizm konsepsiyalari, fen shuy, i-szin taʼlimoti, shuningdek, inson oʻzini anglashning tajriba va yoʻllari kiradi.
Mazkur yoʻnalish tarafdorlarining fikriga koʻra, ezoterik dunyoqarashga hamma ham qodir boʻlavermaydi. Bu darajaga faqatgina maʼlum pogʻonaga yetishgan va qobiliyatli (odatda ularni Yetishgan, Master, Ustoz deb atashadi) insonlargina erishishi mumkin.
Qadimgi davr ezoterizmining eng mashhur yoʻnalishi bu – germetizm edi. Qadimgi Bobil ezoterizmi tajribalari keyinchalik Gʻarb astrologiyasi uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Ezoterizmga aksar dinlarda mavjud boʻlgan sirli va qonun-qoidalar orqali ochib berilgan dixotomiya xosdir. Xristian yoʻnalishidagi baʼzi kishilar ezoterizm Injil va xristianlikka zid ekanini taʼkidlashadi. Bugungi kunda, mazkur yoʻnalish asosan Uzoq Sharq, Janubiy va Janubi sharqiy Osiyo milliy dinlariga xosdir[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 422.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |