Federal tekshirishlar byurosi

(FTBdan yoʻnaltirildi)

Federal tekshirishlar byurosi (FTB) (inglizcha: Federal Bureau of Investigation; qisqartmasi: FBI) — AQShda federal qonunlar buzilishlarini tekshiruvchi muassasa. 1908-yilda tuzilgan. Qarorgohi Vashington shahrida joylashgan. Uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi, mansab jinoyatlari, zoʻravonlik holatlariga, AQSh hududida boshqa davlatlar razvedkalariga qarshi kurash FTB faoliyatining muhim yoʻnalishlaridir. Byuroning mamlakat shtatlari poytaxtlarida, yirik shaharlarda 60 ga yaqin boʻlimi, 500 dan ortiq mahalliy boʻlinmalari, ayrim mamlakatlarda esa aloqa postlari mavjud[1]. FTBda 24 mingga yaqin xodim, jumladan, 10 mingga yaqin maxsus agent xizmat qiladi. Byuro rahbarini AQSh prezidenti tayinlaydi, AQSh Kongressi tasdiqlaydi.

Manbalar

tahrir
  1. Overview of the Legal Attaché Program (Wayback Machine saytida 13-mart, 2016-yil sanasida arxivlangan), Federal tekshirishlar byurosi, Qaraldi: 25-mart, 2015-yil