Fabiano Karuana
Fabiano Luiji Karuana ( italyancha: Fabiano Luigi Caruana ; tug'. 1992-yil 30-iyul, Mayami, Florida, AQSH ) — asli italyan boʻlgan amerikalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (2007 ).
Fabiano Karuana | |
Fabiano Luiji Karuana | |
![]() Fabiano 2018-yilgi nomzodlar turnirida | |
Tugʻilgan sanasi: | 30-iyul 1992-yil [1][2] |
Tugʻilgan joyi: | Mayami, Florida AQSH |
Yashash joyi: | ![]() ![]() |
Unvoni: | Grossmeyster GM (2007) Xalqaro master MM (2006) |
Maksimal reytingi: | 2844 (oktabr 2014) |
Dolzarb reytingi: | 2521 [5] |
Biografiyasi tahrir
1992-yil 30-iyulda Mayamida tug'ilgan, to'rt yoshida ota-onasi - Lu va Santina Karuana bilan Nyu-Yorkka ko'chib o'tishgan.
Karuana besh yoshida shaxmat o'ynashni o'rgangan va olti oy o'tgach, shaxmat turnirlarida birinchi o'yinini o'tkazgan. Sakkiz yoshdan o'n ikki yoshigacha grossmeyster Miron Sher qo'l ostida tahsil olgan.
12 yoshga to'lganda ya'ni 2004-yil noyabrda uning oilasi Madridga ko'chib o'tdi va u erda Boris Zlotnik murabbiyligi ostida mashg'ulotlarni boshladi. 12 yoshida u Xalqaro shaxmat federatsiyasi ( FIDE) ustasi unvoniga sazavor bo'ldi.
2007-yilda oilasi Budapeshtga ko'chib o'tdi va u erda Aleksandr Chernin bilan mashg'ulotlarini davom ettirdi. Unga Aleksandr Belyavskiy va Yuriy Razuvaev kabi mashhur grossmeysterlar yordam berishdi. So'nggi ikki yilda unga Vladimir Chuchelov [6] murabbiylik qildi.
Shaxmat faoliyati tahrir
Fabiano to'rt karra Italiya chempioniligiga sazovor bo'lgan (2007, 2008, 2010, 2011). U 15 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor bo'ldi, bu shaxmat tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri, ayniqsa Italiya va AQSh uchun 2014-yil noyabrigacha milliy rekord bo'lgan (keyin uning AQShda rekord Samuel Sevyan tomonidan yangilandi).
Karuana Flissingen (2007), Veyk an Zee (C turniri, 2008) va Veyk an Zee (B turniri, 2009) turnirlari g'olibi bo'ldi. 2009-yilgi FIDE Jahon chempionatida u Vugar Gashimovga yutqazib, 4-bosqichga chiqdi.
Biel-2010 xalqaro shaxmat festivali, 2012 va 2014-yillarda Dortmundda o‘tkazilgan shaxmat turniri g‘olibi bo'ldi. 2013-yilgi Syurix turnirida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Jahon chempionlari: Mixail Chigorin (2013-yil 27-fevraldan), Evgenio Torre va Efim Bogolyubov[7] ramziy klublari a'zosi.
2014-yil sentyabr oyida Sent-Luisdagi superturnirdagi yorqin g‘alabadan so‘ng (10 ochkodan 8½ ochko, turnir boshida ketma-ket 7 ta g‘alaba) Elo reytingi tarixidagi uchinchi pog'onani qo‘lga kiritdi – 2836 [6]. 2014-yil oktyabr oyida uning rayting ko'rsatkichi 2844 yetdi.
2016-yilning 25-aprelida Fabiano birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, 11 balldan 8½ ochko to‘plagan holda shaxmat bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar chempioni bo‘ldi.
Karuana 2017-yilgi shaxmat bo'yicha Jahon kubogining dastlabki bosqichida Yevgeniy Najerga yutqazib qo'ydi. Mag'lubiyatga qaramay, shaxmat bo'yicha nomzodlar turniri 2018 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi, chunki turnir vaqtida uning reyting ko'rsatkichi 2784 edi.
2018-yil iyun oyida u Norvegiyaning Stavanger shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha super turnirda 8 balldan 5 ochko to‘plab g‘oliblikka erishti[8] .
U 2018-yil mart oyida Berlinda bo'lib o'tgan shaxmatga nomzodlar turnirida g'olib chiqdi (14 balldan 9 ball), buning natijasida u 2018-yilgi shaxmat bo'yicha jahon chempionatining amaldagi chempioni Magnus Karlsen bilan o'yinda o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. Uchrashuv Londonda bo'lib o'tdi, 12 ta durang (jahon chempionatlari tarixida birinchi marta), tay-brekdagi keyingi uchta o'yinda mag'lub bo'ldi.
2020-yil yanvar oyida u Veyk-an-Zi [9] dagi asosiy turnir ( Tata Steel Masters ) g‘olibiga aylandi.
Sportdagi natijalari tahrir
Yil | Shahar | Turnir | + | − | = | Natija | Joy |
---|---|---|---|---|---|---|---|
2011 yil | Peruja | 71-Italiya chempionati | 9 | 0 | 2 | 11 dan 10 | 1 |
2013 yil | Veyk an Zee | 75-xalqaro turnir | 2 | 5 | 6 | 13 dan 5 | 12 |
2014-yil | Veyk an Zee | 76-xalqaro turnir | 4 | 3 | 4 | 13 dan 6 | 4-6 |
Sent-Luis | Sent-Luis 2014 yil | 7 | 0 | 3 | 10 dan 8½ | 1 | |
2016 yil | Moskva | Nomzodlar turniri | 2 | 1 | 11 | 14 dan 7½ | 2-3 |
Sent-Luis | AQSh chempionati | 6 | 0 | 5 | 11 dan 8½ | 1 | |
2018 | Veyk an Zee | 80-xalqaro turnir | 1 | 4 | 8 | 13 dan 5 | 11 |
Berlin | Nomzodlar turniri | 5 | 1 | 8 | 14 dan 9 | 1 | |
Baden Baden | Baden-Baden 2018 | 4 | 0 | 5 | 9 dan 6½ | 1 | |
Stavanger | 6-xalqaro turnir | 3 | 1 | 4 | 8 dan 5 | 1 | |
Sent-Luis | Sent-Luis 2018 | 2 | 0 | 7 | 9 dan 5½ | 1-3 | |
2020 | Sent-Luis | 82-xalqaro turnir | 7 | 0 | 6 | 13 dan 10 | 1 |
Reyting o'zgarishi tahrir
Eslatmalar tahrir
- ↑ Fabiano Caruana – youngest US and Italian GM in history
- ↑ Fabiano Caruana
- ↑ „FIDE Player transfers Transfers in 2005“. 28-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
- ↑ „FIDE Player transfers Transfers in 2015“. // FIDE. 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyun 2015-yil.
- ↑ [1]
- ↑ 6,0 6,1 „Многоклеточный. 22-летний воспитанник советской шахматной школы произвел фурор на уникальном турнире: Другие летние: Спорт: Lenta.ru“. Lenta.ru. 12-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-sentyabr 2014-yil.
- ↑ „Клуб Михаила Чигорина“. 11-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
- ↑ „Американский шахматист Каруана стал победителем супертурнира в Норвегии“ (ru). ТАСС. Qaraldi: 8-iyun 2018-yil.
- ↑ „Архивированная копия“. 28-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2020-yil.
- ↑ Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)
Havolalar tahrir
- Shaxsiy sahifasi FIDE saytida
- Partiya Chessgames.com saytida(ingl.)
- Shaxsiy sahifasi 365chess.com saytida(ingl.)
- Биография (ingl.)
- Биография на сайте chessok.net (rus.)
- Chessdom — Фабиано Каруана (Wayback Machine saytida 2021-05-17 sanasida arxivlangan)
- ChessPro Мнение. Фабиано Каруана
- Победа в Кубке Синкфилда 2014 года в американском Сент-Луисе