Fabrizio Romano (1993-yil 21-fevralda tugʻilgan) — italiyalik futbol jurnalisti.[1] U Sky Sport Italy TV kanalida ishlagan va futbol transferlari borasida dunyoga mashhur manbalardan biri hisoblanadi.[2]

Fabrizio Romano
Tavalludi 21-fevral 1993-yil (1993-02-21) (31 yosh)
Fuqaroligi Italiya
Kasbi Sport jurnalisti
Faoliyat yillari 2011-bugungi kungacha

Hayoti va karyerasi tahrir

Romano 1993-yil 21-fevralda Napolida tugʻilgan. Milandagi Università Cattolica del Sacro Cuore universitetida oʻqigan, uning futbol transferi jurnalisti faoliyati 18 yoshida, Barselonadagi italiyalik agentdan Mauro Ikardi transferi haqida maʼlumot olganidan soʻng boshlangan.[3]

19 yoshida Sky Sport Italy TV kanaliga qoʻshilganidan beri u butun Yevropada klublar, agentlar va vositachilar bilan aloqalar oʻrnatdi. Romano, shuningdek, The Guardian, CBS Sports va caughtoffside uchun muxbir sifatida ishlaydi. U Milanda istiqomat qiladi.

Romano transfer shartnomasini eʼlon qilishda qoʻllanilgan „Here we go!“[4] shiori bilan tanilgan. 90min maʼlumotlariga koʻra, u sportdagi transfer bilan bogʻliq „eng ishonchli“ ekspertlardan biri.[5] Fabrizio Romano dunyodagi futbol muxlislari uchun eng ishonchli jurnalist hisoblanadi. Uning asosiy kuchli tomonlaridan biri, agar u transferning amalga oshishiga 100 % ishonch hosil qilmasa, u hech qachon transfer haqida oʻz sahifalarida eʼlon qilmaydi. Uning obroʻsi va ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari koʻpligi tufayli futbol klublari undan oʻyinchini eʼlon qiluvchi videolarda ishtirok etishni soʻrashdi.[6]

Romano Angliyaning „Uotford“ klubiga muxlislik qiladi. U poliglot boʻlib, ingliz, ispan, italyan va portugal tillarida gapira oladi.

Manbalar tahrir

  1. „Who is Fabrizio Romano? Facts You Need to Know About Trusted Football Journalist With the Tagline "Here we go"“. 90min.com. 90min. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  2. Tanveer Deodhar. „Who Is Fabrizio Romano, Know Everything About The Football Journalist, His Career And Net Worth“. thesportsgrail.com. The Sports Grail (16-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
  3. „Fabrizio Romano, el hombre que anticipa todos los fichajes: "Mi misión es ser fiable"“. El Confidencial (11-avgust 2021-yil). Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
  4. „'Here We Go!' What's It Like to Be a Transfer Window Superstar Reporter?“ (9-iyul 2020-yil). Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.
  5. „Who is Fabrizio Romano? Facts You Need to Know About Trusted Football Journalist With the Tagline "Here we go"“. 90min.com. 90min. 2021-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
  6. „Behind the Curtain With Soccer’s Prophet of the Deal“. Qaraldi: 26-iyun 2022-yil.

Havolalar tahrir

The Guardian nashridagi sahifasi

CBS Sports nashridagi sahifasi

YouTube sahifasi

Instagram sahifasi