Fadakni bosib olish
Fadakning bosib olinishi[1][2][3] – Islom taqvimining hijriy 7-yili 2-oyi (milodiy 628-yil may oyi)da boʻlib oʻtgan[4].
Islom paygʻambari Muhammad Fadak ahlining musulmonlarga qarshi Haybar yahudiylari bilan birgalikda jang qilish uchun tayyorgarlik koʻrayotganini bilib, ularning huzuriga Alini yuborgan[5].
Fadak xalqi jangsiz taslim boʻlib, oʻz yerlari va boyliklarining yarmini Muhammadga berish evaziga tinchlik shartnomasi tuzishni soʻragan[6].
Shundan keyin Fadak yerlari Muhammadning shaxsiy mulkiga aylangan. Muhammad bu boylikni yetimlarga tarqatgan, shuningdek, muhtoj yigitlarning nikohini moliyalashtirish uchun ham sarf qilgan[7][8][9].
Fadakning zabt etilishi
tahrirHaybar yahudiylari bilan muzokaralar chogʻida Muhammad Fadak yahudiylariga xabar yuborish uchun Mahsiya ibn Masudni yuborib, ulardan oʻz mol-mulklarini, boyliklarini topshirishlarini yoki Haybar aholisi kabi hujumga duchor boʻlishlari mumkinligini ogohlantirgan[10].
Fadak ahli Haybar yahudiylarining[11] boshiga tushgan voqeani eshitgach, vahima tushishgan. Ular oʻz jonlarini saqlab qolish uchun tinchlik shartnomasini talab qilganlar va buning evaziga Muhammaddan boyliklari va mol-mulklarining yarmini oʻzlarida qoldirishlarini va yashab turgan hududlaridan chiqarib yuborilishlarini soʻragan[12][13].
Haybar yahudiylari Muhammadga taslim boʻlishadi va yagona tirikchilik manbalarini yoʻqotishgan, biroq hosilning yarm ulushini qaytarishni soʻraganlar. Muhammad esa ularni qayta ish bilan taʼminlashni ancha yaxshi yoʻl deb topgan, chunki yahudiylar yer bilan ishlashda ancha tajribali edilar, musulmonlar (oʻz yerlarini yangi bosib olganlar) esa qishloq xoʻjaligi va dehqonchilikda tajribaga ega emas edilar. Shunday qilib, Muhammad Haybar yahudiylarini oʻz yerlariga jalb qilgan, biroq ushbu yerlarni soʻralga vaqtda qaytarib berish sharti boʻlgan. Yahudiylarning rozi boʻlishdan boshqa iloji yoʻq edi. Xuddi shu shartlar Fadak yahudiylariga nisbatan ham qoʻllangan[14].
Fadak Muhammadning shaxsiy mulkiga aylangan[15]. Ushbu yerlardan olinadigan boyliklarni esa yetimlarga tarqatib, muhtoj yigitlarning nikohini moliyalashtirish uchun sarflangan[16].
Xalifa Umarning aholini haydab chiqarishi
tahrirKeyinroq Umar Islom xalifasi boʻlgach, Haybar va Fadakdan barcha yahudiylarni quvib chiqargan[17].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Gatje, Helmut. The Qurʼān and its exegesis. Oneworld Publications, 1996 — 81-bet. ISBN 978-1-85168-118-1. Note: Writer says „like the Conquest of Khaibar and Fadak“, so the writer acknowledges the name „Conquest of Fadak“
- ↑ Bernards, Monique. Patronate and patronage in early and classical Islam. Brill, 15 Oct 2005 — 61-bet. ISBN 978-90-04-14480-4. Note: see notes section where writer says „Kister (330) linked the conquest of Fadak to the decline in the power of the Jews“, so writer acknowledges this event as the „Conquest of Fadak“
- ↑ Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 180-bet. ISBN 978-9960-897-71-4.
- ↑ Abu Khalil, Shawqi. Atlas of the Prophet's biography: places, nations, landmarks. Dar-us-Salam, 1 March 2004 — 180-bet. ISBN 978-9960-897-71-4.
- ↑ Kitab al-tabaqat al-kabir, by Ibn Saʼd, volume 2, page 110 – 111
- ↑ „When The Moon Split“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „The Life of Muhammad“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „The Origins of the Islamic State“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „The Life of Muhammad“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „Encyclopaedia Of Holy Prophet And Companion (Set Of 15 Vols.)“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „The Life of Muhammad“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „The Origins of the Islamic State“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „"The rest of Khaibar also fell to the Muslims. Allâh cast fear into the hearts", Witness-Pioneer.com“. 2011-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
- ↑ „"The rest of Khaibar also fell to the Muslims. Allâh cast fear into the hearts", Witness-Pioneer.com“. 2011-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-aprel.
- ↑ „Atlas Al-sīrah Al-Nabawīyah“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.
- ↑ „The Origins of the Islamic State“. Qaraldi: 2014-yil 17-dekabr.