Faktoring

faktoring operatsiyalari

Faktoring – bu boshqa iqtisodiy subʼektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.

Faktoring (inglizcha: „factor“ – agent, vositachi) – kichik va oʻrta firma (mijoz)larga tijorat banklari va ularning shoʻba faktor firmalari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi. XVI-XVII asrlarda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan, keyinchalik mijozga aylanma kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi. Faktoringda faktor firma mijoz (tovar yetkazib beruvchi)lardan qarzdorlarning qisqa muddatli qarzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga toʻlaydi, yaʼni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70-90%ni mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar faktorfirma oldidagi oʻz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda mijoz oʻzining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktor firmaga oʻtkazadi.

Ayniqsa, Gʻarb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qoʻllanadi. Faktoring boʻyicha kreditlar muddati 90-120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan yuqori turadi.