FalastinYaqin sharqdagi arab davlati.

Falastin milliy ma’muriyati
دولة فلسطين
Dawlat Filasṭīn
ShiorYoʻq
Madhiya: "فدائي"
"Fida'i"
Location of Falastin
Poytaxt Ramalloh, Quddus
Eng katta shahar G'azo
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Mahmoud Abbas
Rami Hamdallah
Maydon
• Butun
6,020 km2 (164-oʻrin)
• Suv (%)
3.5
Aholi
• 2014-yilgi roʻyxat
4,550,368 (123-oʻrin)
• Zichlik 6,020/km2
YIM (XQT) 2008-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$11,950,000,000 (129-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,900
Pul birligi Misr Funti, Yangi Isroil Shekel, Iordaniya dinori (EGP, ILS, JOD)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma PS
Telefon prefiksi 970
Internet domeni .ps


Falastin (1947)
Palestine-recognition-map.png

TarixiTahrirlash

1947-yil 29-noyabrda BMT Falastinda ikki davlat — Isroil yahudiy va Falastin — arab davlati tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Versal konferensiyasidayoq (1919-yil) Buyuk Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar davlatini tashkil etish mandatini olgan edi. Bu davrda Falastinda 100 mingga yaqin yahudiy yashardi. Dunyo bo'ylab tarqalib ketgan yahudiylami bir joyga — Falastinga to'plashda ularning xalqaro tashkiloti katta rol o'ynadi. Bu tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi. (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi). Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi.

1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0.5 mln ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka ega, AQSH va Buyuk Britaniya tomonidan zamonaviy qurollar bilan qurollantirilgan armiya tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg'ol qilib oldilar. 1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini e'lon qildi. Tel-Aviv shahri bu davlatning poytaxti bo'lib qoldi. Falastin arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil birinchi isroil-arab urushi yuz berdi. Bu urushda ishtirok etgan arab davlatlari armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga ega bo'lmagan davlatlar edi. Yahudiylar Falastin arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar. Buning natijasida 0,5 mln falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan, Iordan va Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar. Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga to'lagan 1 mlrd. $ dollar miqdordagi tovoni hamda AQSH ko'rsatgan katta yordam tufayli Isroil qisqa vaqt ichida qudratli armiyaga ega davlatga aylandi. Yaqin Sharq strategik xomashyo — neftga boy o'lka. U yerda jahon neft zaxirasining 50 foizi mavjud. 1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta talafot yetkazildi. Urush 6 kun davom etdi. Shu davr ichida [[Isroil]xaromilar ] o'z hududidan 2 baravar katta bo'igan arab davlatlari hududlarini bosib oldi. Bu hududlar keyinchalik anneksiya ham qilina boshlandi. Misr Sinay yarim orolini, Suriya Jo'lan tepaligini, Iordan esa Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi. SSSR 10 yil davomida Misr va Suriyaga yetkazib bergan harbiy texnikaning deyarli barchasi Isroil qo'liga o'tdi. G'azo sektori va Falastin davlati poytaxti bo'lishi kerak bo'igan Quddus shahrini ham (arablar yashaydigan qismi) Isroil egalladi. 1967-yil Sudanda arab davlatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvda Isroil bilan muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan olmaslik va u bilan separat tinchlik shartnomasini imzolamaslik haqida qaror qabul qilindi. Ayni paytda, agar Isroil davlati Falastin arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu qarorni bekor qilish mumkinligini qayd etdi. Isroil ittifoqchilari katta miqdorda yordam ko'rsatishni davom ettirdilar. 19691979-yillar oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20 mlrd. dollarlik yordam oldi. Hukumat bosib olingan hududlarga yahudiylarni joylashtirish siyosatini yuritdi. Arab davlatlari ham o'zlarining harbiy salohiyatiarini mustahkamlash choralarini ko'rdilar. SSSR ularga zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 1973-yil 6-oktabrda yana arab-isroil urushi boshlandi. Shu kuni Misr-Suriya armiyasi Isroilga hujum qildi. Arab qurolli kuchlari birinchi bor Isroilni og'ir ahvolga solib qo'ydi. Ayni paytda FOTning xalqaro obro'si oshib bordi. 1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining yagona vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. Isroilning og'ir ahvolga solib qo'yilishi uning ittifoqchilarini befarq qoldirmadi. AQSH isroil-arab munosabatlariga jiddiy aralasha boshladi. Uning maqsadi Isroilning xalqaro obro'sini saqlab qolish edi. Ikkinchidan, arab davlatlarini SSSRdan uzoqlashtirish hamda arablar orasiga nizo solish edi. 1979-yilning 26-martida AQSH Isroil va Misr o'rtasida separat Kemp-Devid (AQSH) bitimi imzolanishiga erishdi. Unga ko'ra, Isroil o'z qo'shinlarini 1982-yil aprelgacha Sinaydan olib chiqib ketishga rozilik berdi. AQSH har ikki davlatga iqtisodiy-harbiy yordam ko'rsatish majburiyatini oldi. AQSH Suvaysh kanalini minalardan tozalab, kemalar qatnovini yo'lga qo'yishda Misrga yordam ko'rsatdi. Arab xalqi Misr Prezidenti A. Sadatning bu siyosatini sotqinlik deb baholadilar va 1981-yilning 6-oktabrida uni o'ldirishga muvaffaq bo'ldilar. 19801990-yillarda arab davlatlari o'rtasida Yaqin Sharq masaiasida bo'linish yuz berdi. Boy arab davlatlari — Saudiya Arabistoni, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Ummon davlatlari muammoni Isroil bilan kelishuv orqali hal etish kerakligini yoqlab chiqdilar. Iordan va Livan ham keyinchalik shunday qildi. Suriya va Iroq esa tinch kelishuv yo'lini inkor eldilar. 1994-yildan boshlab Yaqin Sharq muammosini hal etish yangi bosqichga kirdi. Isroil Falastin milliy avtonomiyasini tuzishga ijozat berdi. Biroq bir qancha muzokaralar o'tkazilsa-da, Falastin davlatini tuzish muammosi hamon ochiqligicha qolmoqda. 2005-yilda Yosir Arofat vafot etgach, uning o'rniga kelgan Mahmud Abbos bu ishni davom ettirmoqda. 2005-yil avgustidan Isroil G'azo sektoridan 8,5 mingdan ortiq yahudiylarni ko'chirib olib chiqib ketdi.