Faqiriy (taxallusi; asl ismsharifi Abdurazzoq Abdujabbor ugli) (1880 — Xiva yaqinidagi Boʻzxona qishlogʻi — 1925) — shoir, xattot va naqqosh. Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqigan. Sharq mumtoz adabiyotini oʻrganib, oʻzi ham sheʼrlar yoza boshlagan. Otasidan yogʻoch va tangaga naqsh oʻyish sanʼatini oʻrgangan. Mashhur xattot Xudoybergan Devonning shogirdi boʻlgan.

F. 1914—15 yillarda oʻz sheʼrlarini toʻplab, "Devoni Fakiriy Xorazmiy" ni yaratgan. "Devon" gʻazal, masnaviy, murabbaʼ, muxammas, musaddas, mustazod, ruboiy, chistoy kabi janrlarda yozilgan sheʼrlardan iborat. Ularda sevgi va sadoqat, xalqparvarlik, vatanga muhabbat, maʼrifat, adolat, xalqlar doʻstligi, shaxs erki gʻoyalari ulugʻlangan. "Daftari ashʼor uljadida" ("Yangi sheʼrlar daftari")da esa F.ning 1916—24 yillarda yozgan sheʼrlari mavjud. "Ayrilgʻali", "Oʻzingsan", "Boʻlmagʻay", "Oʻzgacha", "Ayo dilbar", "Koʻrgach", "Surating" radifli gʻazallarida samimiy muhabbat, oshiq iztiroblari mahorat bilan tasvirlangan. Sheʼrlarining kupi real, hayotiy taassurotlar asosida yozilgan.

Soʻnggi yillarda yozilgan bir turkum sheʼrlari "Yugʻurumiya" tuplamiga kiritilgan (1923). "Devon"nkng shoir qoʻli bilan koʻchirilgan nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik intida sakdanadi (inv. №7679).

Manbalar tahrir

  • Sheʼrlar, T., 1972; Asrlar nidosi, T., 1982.

Adabiyot tahrir

  • Laffasiy Hasan Murod.Xorazm shoirlari, T., 1993; Oʻzbek adabiyoti tarixi 15j.li], 5j., T., 1980.