Fargʻona avtomobil oynalari zavodi

Fargʻona „Avtooyna“ avtomobil oynalari zavodi Markaziy Osiyoda eng yirik avtomobil oynalari korxonasi.

Fargʻona „Avtooyna“ avtomobil oynalari zavodi Markaziy Osiyoda eng yirik avtomobil oynalari korxonasi boʻlib, UzAutoMotors, Sam Avto, Samarqanda Man korxonasi va Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinalari korxonalariga turli xil modeldagi oynalarni ishlab chiqrish va yetkazib berish bilan shugʻillandi[1][2]. Korxona „Avtooyna“ nomi ostida faoliyat yuritib, Fargʻona shahrida joylashgan.

Avtooyna
Qachon asos solingan Fargʻona, Oʻzbekiston (28-oktyabr, 1998-yil(1998-10-28))
Rahbariyat Odil Batamqulov (CEO and President)
Mahsulot(lar)i
Ishchilar soni 800 nafarga yaqin
Shoʻba korxonalari AvtoGlass korxonasi
Vebsayti Official website

Korxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 8-oktyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan mahalliy avtomobillar uchun avtomobil oynalari ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shugʻullanadi[3]. Asosiy ishlab chiqarish materiali Quvasoy shahrida joylashgan „Kvars“ zavodi tomonidan yetkazib beriladi. „OʻzAvtoSanoat“ kompaniyasi tufayli „Kvars“ zavodida avtomobil oynasi ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tekis oynalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiilgan[4]. Korxona dastlab tashkil etilgan vaqti, 2000-yillarda Matiz, Damas, Nexia avtomibillari uchun oynalar yetkazib berish bilan shugʻillangan. Korxona ishlab chiqarayotgan maxsulotlar sifatli boʻlishi uchun dastlab Shveysariya va Italiya texnoligayalari olib keligan. Keyinchalik ishlab chiqarish surati oʻsishi va yangi turdagi avtomibillar ishlab chiqarilishi boshlanganidan soʻng, Finlandiya va Ispaniya texnologiyalari korxona ishlab chiqarish sifatini boyitdi. 2006-yildan korxona „Lasetti“ avtomobili uchun oynalar yetkazib berishni boshladi. 2010-yillardan soʻng Chevrolet Spark, Chevrolet Aveo va Chevrolet Cobalt avtobillari uchun, 2020-yildan soʻng „Chevrolet Tracker“ va „Chevrolet Onix“ avtomobillari uchun oynalar etkazib berishni boshladi[5]. Bugungi kunda korxonada UzAutoMotorsning 6 xil turdagi avtomibillari, Sam Avto avtobuslariga va bir qator yuk mashinalarga oyna yetkazib berish bilan shugʻillanmoqda. Qoraytirilgan oynalar boʻyicha mamlakatdagi talabni ortishidan 2021-yildan korxonada bu boradagi texnologiyalar oʻzlashtirildi[6].

Oyna sifati

tahrir

Korxonada oyna sifati boʻyicha maxsus boʻlim boʻlib, unda oynaning turli xil haroratga bardoshliligi, oynaning koʻrish darajasi va oynaning xalokatli zarba vaqtida maydalanish darajasi aniqlanadi. Shuningdek korxonadagi yangi turdagi maxsulotlar ishlab chiqrishdan avval labaratoriya sinovidan oʻtkaziladi[7].

Hozirda ishlab chiqarilayotgan modellar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „O’zbekiston bozoridagi ustun mavqeni egallab turgan kompaniyalar ro’yxati yangilandi“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  2. „«Avtooyna» MCHJ asosiy ko'rsatkichlar, statistik ma'lumotlari“. 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Iqtisodiyot. 2000 yil“. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  4. „Kompaniya haqida“. 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  5. „Avtooyna Tracker 2023 avtomobillari uchun oyna ishlab chiqaradi. MY5 TV reportaji“. 10 июн. 2022 гda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „AVTOOYNA KORXONASI: QORONG'I OYNALAR ISHLAB CHIQARISH O'ZLASHTIRILDI“. 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-iyun.
  7. „labaratoriya“. 2023da asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir