Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi

Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi — gidroliz sanoatining yirik korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Davlat korxonasi maqomiga ega. Korxonada paxta shulxasi, sholi qipig`i, paxta linti va boshqa mahalliy xom ashyodan organik sintez kimyoviy mahsulotlari, shu jumladan, furfurin, tetragidrofurfurin, etil va texnik spirtlar, qatron, paxta sellyulozasi, tormoz suyuqligi ishlab chiqariladi. Mahsulotlari konmetallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, neft kimyosi va boshqa sanoat tarmoqlarida qoʻllanadi.

Korxona gidroliz zavodi sifatida tashkil etilib, birinchi navbati 1946-yil dekabrda ishga tushirildi va etil spirti ishlab chiqarila boshlandi. 1947-yildan furfuron, 1950-yildan ksilitan, 1955-yildan karbonat angidrid, 1964-yildan tetragidrofuril spirti, yem achitqisi, terogidrofuran va boshqa sexlar qurilib foydalanishga topshirildi. 1963-yildan hozirgi nomda. 2001-yilda Germaniyaning "Uniomateks" firmasi bilan hamkorlikda sellyuloza ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Mahsulotlari MDH mamlakatlariga eksport qilinadi.