Fargʻona koʻchasi (Moskva)
Fargʻona koʻchasi yoki Ferganskaya ulitsa (ruscha: Ферганская улица) — Rossiya poytaxti Moskva shahrining janubi-sharqiy maʼmuriy okrugidagi Vixino-Julebino tumanida joylashgan koʻcha.
Akademik Skryabin koʻchasi va Fargʻona tor koʻchasi oraligʻida joylashgan. Moskvadagi ushbu bulvar Oʻzbekistondagi Fargʻona shahri va Oʻrta Osiyoning uch davlati: Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston orasida boʻlgan Fargʻona vodiysi sharafiga nomlangan. Bundan tashqari ushbu tumanda oʻzbek shaharlari va joylari haqida boshqa koʻchalar bor. Bular: Toshkent koʻchasi, Toshkent tor koʻchasi, Samarqand bulvari va Fargʻona tor yoʻli.