Fargʻona viloyat qoʻgʻirchoq teatri
Fargʻona viloyat qoʻgʻirchoq teatri — 1993-yil tashkil boʻlgan. Dastlab (1989-yil dekabrdan) teatr studiyasi sifatida faoliyat koʻrsatgan, 1993-yil 1-martdan hozirgi nomda. "Qoʻgʻirchoqbozlar tomoshasi" (Gʻayratiy) spektakli bilan ochilgan. Habibullo Hakimov, Mayram Ashurova, Muhammadsoli Yusupovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridan. Keyinchalik "Sirli sandiq" (O. Tolipov), "Gʻaroyib poyga" (Spiranskiy) kabi spektakllar bilan oʻz mavqeini mustaxkamladi. Italo Kalvinaning "Uch apelsin" asari asosida H. Hakimov ssenariysi boʻyicha sahnalashtirilgan spektakl Respublika qoʻgʻirchoq teatrlari 4festivali (Andijon, 1993-yil)da "Eng yaxshi musiqali spektakl" nominatsiyasiga, 1995-yil 5festival (Toshkent)da "Yovvoyi oʻrdakcha" spektakli "Eng yaxshi spektakl" sovriniga sazovor boʻlgan. Shu spektaklni yaratganlar (rej. H. Hakimov, S. Sedukin — rassom, R. Litvin — kompozitor, N. Maslova — aktrisa) "Eng yaxshi rejissura", "Eng yaxshi rassom", "Eng yaxshi musiqa", "Eng yaxshi ayol roli" nominatsiyalari gʻolibi boʻlganlar. Navoiy va Fuzuliy poeziyasi asosida sahnalashtirilgan "Layli va Majnun" musiqali spektakli teatrning soʻnggi yillar maqsulidir. Teatrning badiiy rahbari — Habibullo Hakimov, bosh rassom — Shuhrat Abdumalikov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |