Islom

Islom tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhl ul-BaytAshari mubashshara

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali


Farishta — iudaizm, xristianlik, islom va boshqa baʼzi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot. Farishtalar son-sanoqsiz boʻlib, har biri maʼlum vazifani bajaradi. Masalan, islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi farishtalar, jannat va doʻzaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi (Munkar va Nakir), arshni koʻtarib turuvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh Farishtalar deb hisoblaniladi.

Farishta arabcha (arab tilida: ملاك) Islomiyatda — aqlli va ozod mavjudot. Allohning hamma buyruqlarini soʻzsiz bajarishadi (aslida Allohni ularga extiyoji yoʻq, lekin ularni yaratib, oʻzlarini chegarasiz idroklari boʻyicha qoʻllanadi) Farishtalar inson koʻziga koʻrinmaydi, lekin oʻzi xohlaganda yoki Allohdan buyruq olganda koʻrinishi mumkin. Ular nurdan yaratilgan.

Farishtalarni taniqlilari tahrir

  • Farishta Jabroil — Unga Allohning muqaddas ochiqlamalari(vahiy)ni paygʻambarlarga yetkazish vazifasi topshirilgan.
  • Farishta Mikoil — rahmatga, rizqqa javobgar boʻlgan farishta.
  • Farishta Israfil — Qiyomat kunida unga Surga puflash amr etilgan.

(surga puflaganda yer yuzidagi hamma mavjudot halok boʻladi, ikkinchi marta puflanganda barcha oʻliklar qayta tiriladi)

  • Malak ul mavt — Oʻlim farishtasi, Azroil ham deyishadi, Malak ul mavt soʻzini tarjimasi — Oʻlim farishtasidir
  • Harut va Marut Farishtalari — Qur’onda zikr etilgan, odamlarni sinash uchun Alloh Taolo joʻnatgan farishtalar.
  • Farishta Malik — Jahannamni (doʻzaxni) qoʻriqlovchi.
  • Munkar va Nakir Farishtalari — Qabrda odamlarni soʻroq qiladigan Farishtalar.

Shuningdek, insonning oʻng yelkasidagi insonni yaxshi ishlarini (savoblarini) yozadigan farishta va chap yelkada insonning yomon ishlarini (gunohlarni) yozib turuvchi farishtalar. Alloh ularning xizmatisiz insonning hamma ishlarini biladigan zotdir, lekin inson vafotidan keyin u yozuvlar xujjat tariqasida qoʻllaniladi. Hamda, insonni har xil yomonliklardan himoya qiladigan, ichki tuygʻu orqali baxtsiz xodisalardan xabar beradigan himoyachi farishta. U farishta, Allohning qudrati bilan yordam beradi va Alloh buyrugʻi bilan chekinadi, yaʼni insonni sinovdan yolgʻiz oʻzi oʻtishga majburiy boʻlganida yoki ajali yetganda (va x.k.z) u farishta himoyada qatnashmaydi.

Havolalar tahrir