Farmakopeya
Farmakopeya (yun. pharmakon — dori va poieo — tayyorlayman) — dori vositalarini tayyorlash, sifatini sifat miqdoriy jihatdan nazorat qilish, saqlash shart-sharoitlari va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari majmui. Farmakopeyada dori moddalari va dori turlarini kimyoviy, fizik, biologik va boshqa usullarda sifat hamda miqdoriy tahlil qilish usullari, zaharli va kuchli taʼsir etadigan dorilar roʻyxati, bolalar va kattalar uchun dorilarning bir ichishlik, shuningdek, kunlik miqdorlari jadvali yoritiladi. Xitoyda 502 yilda chiqarilgan "Minibelu" kitobi, Yevropada 1130-yilda chop etilgan "Antidotoriy" toʻplamlari ilk rasmiy farmakopeya hujjatlaridir. Birinchi farmakopeya 1498-yilda Florensiyada "Ricettario Fiopentino" nomi bilan bosilib chiqdi. Abu Ali Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari u yashagan davrda qoʻllangan dori vositalarini tayyorlash, ularning sifatini baholash va qoʻllanishi haqidagi maʼlumotlari bilan oʻz zamonasining farmakopeyasi deb baholanishi mumkin. Bugungi kunda koʻpgina mamlakatlarning milliy va hududiy farmakopeyalari mavjud boʻlib, ulardan Yey.R. (Yevropada hamjamiyati farmakopeyasi), LJSP (AQSH farmakopeyasi), VR (Britaniya farmakopeyasi), GF XI (Davlat farmakopeyasining 11-nashri), DP (Germaniya farmakopeyasi) kabilar xalqaro eʼtirof etilgan farmakopeyalar hisoblanadi va koʻp hollarda dori vositalarining sifat nazorati yuqoridagilarga asosan amalga oshiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |