Farmatsevt (yun. pharmakentes — dori tayyorlovchi) — oliy (provizor) yoki oʻrta (provizor yordamchisi) farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis. F.lar farmatsevtika intlari, tibbiyot instituti hamda tibbiyot kollejining farmatsevtika ftlarida tayyorlanadi. F. dorixona, nazoratanalitik va sud kimyosi lab.larida, farmatsevtika zavodlarida faoliyat koʻrsatadi.